Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

291
 
u muammoning vujudga kelish, hal qilish, ya’ni yechimni topilishiga olib keladi. 
Bilish bilan bilmaslik orasidagi ziddiyatli munosabat muammoli vaziyatni keltirib 
chiqaradi. 
Muammoli 
vaziyat 
muammoni 
qo’yish bilan yakunlanadi. 
Muammoning yechimini topish ziddiyatlarni hal qilinishiga olib keladi. 
Demak, eski bilim tizimi bilan yangi bilim tizimi orasidagi ziddiyat 
muammoni keltirib chiqaradi. Bu ziddiyatlarning hal qilinishi natijasida bilim 
yangilanadi, mazmuni kengayadi, chuqurlashadi. Muammoni va uning yechimini 
topish imkoniyatlarini aniq bilish muammoni teng yarmini hal qilish demakdir. 
Hozirgi fan sohasidagi ilmiy-texnik inqiloblar davrida bilim tizimida yangi-
yangi muammolar kelib chiqmoqda. Bu muammolar umumilmiy, majmua 
(kompleks), global (umumbashariy) tasnifda bo’lishi mumkin. Bu muammolar 
maxsus amaliy va nazariy tadqiqot usullari asosida hal qilinadi. Bu muammolarni 
hal qilinishida umumiy, o’xshash tomonlari bo’lishi mumkin, Ilmiy muammoni 
yechish uchun tadqiqotchi ilmiy bilishning usul va shakllaridan bekamuko’st 
foydalanishi kerak. 
Insoniyat taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan har qanday fan o’z 
predmeti va tadqiqot usullariga ega. Har bir fan nazariy jihatdan tizimlashgan 
bilimlar yig’indisi sifatida tadqiqot jarayonida xilma-xil ilmiy usullardan 
foydalanadi. 
Voqelik hodisalarini bilish oddiy hayotiy tirikchilik uchun yo’l topish emas, 
balki ilmiy tadqiqot yo’li bilan izlanishlar natijasida yangi birikmalarning vujudga 
kelishidan iboratdir. Bilim insonning tarixiy, amaliy faoliyati negizida vujudga 
keladi. Tabiat va jamiyatning murakkab, xilma-xil, rang-barang hodisalarniga 
haqiqiy mazmunini, mohiyatini, rivojlanish qonunlarini bilishning aniq usullari 
mavjud bo’lib, ular ilmiy tadqiqot va izlanishning yo’nalishini ifodalaydi. 
Ilmiy metod (usul) nima? Ilmiy usul ilmiy bilish jarayonida qo’llaniladigan 
mavhum bilish yo’llari hamda vositalarini ifodalaydi. Ilmiy bilish usuli inson 
amaliy faoliyati negizida yuzaga keladi. U tabiat, jamiyat va inson ongining 
murakkab hodisalarini to’g’ri, ob’ektiv talqin etishga, fanning tabiiy aloqalarini 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling