Reja: Key-study metodi haqida tushuncha va uning tarixi
Download 64.24 Kb.
|
Abdig\'apporov Sardorbek slayt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Mavzuni o’qitishda keys-study metodidan foydalansh uslubyoti.
- Keys-study metodini amalga oshirish bosqichlari.
- Ta’lim va tarbiyaning keysda jamlangan maqsadlari va vazifalari, shuningdek ta’lim texnologiyasini belgilaydigan ta’lim keysning yana bir manbaidir.
- Keys-study texnalogiyalari va ularning afzalliklari.
- Mavzuni o’qitishda keys-study metodidan foydalansh uslubyoti
REJA:1.Key-study metodi haqida tushuncha va uning tarixi.2.Keys-study metodini amalga oshirish bosqichlari.3.Interfaol ta’lim metodlari va ularda keys-study metodining o’rni.4. Keys-study texnalogiyalari va ularning afzalliklari.5. Mavzuni o’qitishda keys-study metodidan foydalansh uslubyoti.Key-study metodi haqida tushuncha va uning tarixi.Bu metodning nomi inglizcha “case-study” so’zlaridan olingan. Bunda “case” – yashik, quti, g’ilof, jild, “study” – o’rganish, tadqiq qilish, ilm bilan shug’ullanish, o’quv fani, saboq olish, o’qish ma’nolarini bildiradi. Bu metod haqida inglizcha aytiladigan “case – true life”, ya’ni “keys – haqiqiy hayot” iborasiga ko’ra keys – real hayotning «bir parchasidir». Shunga ko’ra bu metodni “amaliy holatlarni o’qitish metodi” deb ham ataladi.Keys-study metodini amalga oshirish bosqichlari.Keystopshirigʻini bajarish jarayonida qoʻllaniladigan strategiyalar. Ma’lumotlarni tahlil etish (ishbop korrespondensiya) Oʻyin tarzida loyihalash. Munozara SWOT tahlil Vaziyatli-rolli oʻyinInsident (axborotni qidirish). 1.Keys bilan tanishuv (individual). 2.Asosiy muammoni (oʻquv muammosini). ajratib olish va oʻrganish (individual va kichik guruhlarda). 3.Gʻoyalar yigʻish va muammoning yechimini izlash (kichik guruhlarda). 4.Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalarni taqdimoti, tahlil vabaholash (oʻqituvchi va kichik guruhlar). 5.Keys yechimi va tavsiyalar (oʻqituvchi, kichik guruhlar va individual).Interfaol ta’lim metodlari va ularda keys-study metodining o’rni.Sosium keyslarning manbaidir, degan fikr hech kimda shubha tug’dirmasligi aniq. Faqat uning keysning mazmuni va shaklini qay darajada oldindan belgilab berishi mumkinligi haqida turlicha fikrlar bo’lishi mumkin. Ijtimoiy hayot butun turli-tumanligi bilan keys syujeti, muammolari va faktologik bazasining manbai bo’ladi.Ta’lim va tarbiyaning keysda jamlangan maqsadlari va vazifalari, shuningdek ta’lim texnologiyasini belgilaydigan ta’lim keysning yana bir manbaidir.Fan keysning uchinchi manbaidir. U tahliliy faoliyat va bir tizimli yondashuv bilan belgilanadigan ikkita asosiy metodologiyani, shuningdek, keysni hal etish jarayonida qo’llaniladigan boshqa ilmiy uslublarni yaratib beradi.Keys-study texnalogiyalari va ularning afzalliklari.Birinchidan, mamlakatdagi iqtisodiy ta’limning umumiy yo’nalishi, uning nafaqat ta’lim oluvchilarda aniq bilimlarni shakllantirishga, shu bilan birga, tinglovchilarda fikrlash faoliyati, nazariy bilimlarini amalda qo’llashga tayyorlik va bunga qobillikni rivojlantirish, bo’lg’usi mutaxassislarda mustaqillik va tashabbuskorlik, boshqaruv va iqtisodiyotdagi tadqiqotlarning turli jihatlari bilan bog’liq keng doiradagi masalalarni idrok etish qobiliyatini ravnaq toptirishga yo’naltirilganligi bilan bog’liq. «Insonning qo’liga baliqni tutqazsang – u bir kun qorni to’q yuradi, mabodo insonni baliq tutishga o’rgatsang – u butun umri davomida ochlik nimaligini bilmaydi» – xitoylik donishmandlarda shunday hikmatli gap bor.Mavzuni o’qitishda keys-study metodidan foydalansh uslubyoti“Keys-stadi” Muammoli texnologiya bo‘lib, (inglizcha keys - to‘plam, aniq vaziyat, study -ta’lim) keysda bayon qilingan va talabalarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammolivaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubidir. Keys-stadi - ta’lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida bashorat qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan ta’lim texnologiyasidir.Download 64.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling