299
birinchi bosqichida alohida-alohida o’rganilgan hodisalar haqida to’plangan
bilimlar hosil bo’ladi. Uning ikkinchi bosqichida mazkur bilimlar umumlashtirilib
hodisalarning o’rtasidagi aloqa va bog’lanishlar aniqlanadi. Nihoyat, empirik
darajaning uchinchi bosqichida narsa va hodisalarga xos empirik qonunlar
aniqlanadi. SHu bilan empirik daraja tugatiladi. Uning natijasida yig’ilgan
ma’lumotlar bilishning nazariy darajasiga zamin, poydevor bo’lib xizmat qiladi.
6.7.Ilmiy bilishning nazariy darajasi.
Ilmiy bilishning nazariy darajasida ilgari to’plangan ma’lumotlar asosida
olamdagi narsa va hodisalarning alohida shakllari emas, balki keng miqdordagi bir
qancha hodisalar o’rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonuniyatlari aniqlanadi.
Mazkur asosiy qonunlar bir qancha empirik qonunlarning yig’indisidan tarkib
topgan bo’lib, olamning ilmiy manzarasini ifodalaydigan nazariya va
kontseptsiyalarda namoyon bo’ladi. Bunday bilimlar o’zining mazmun-mohiyati
bilan falsafiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Bilishning nazariy darajasi bir qator xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan
iborat: 1) nazariy bilimlar o’zining umumiyligi va mavhumiyligi bilan ajralib
turadi; 2) nazariy bilimlar yaxlit va tizimli bilimlar hisoblanadi; 3) u falsafiy
bilimlar bilan yaqinligi bilan tavsiflanadi; 4) empirik bilimlarga nisbatan
mukammal bilimlar hisoblanib, hodisalarning mazmun-mohiyatini atroflicha va
chuqur aks ettiradi.
Nazariy bilimlarni hosil qilishda mavhum tafakkur katta rol o’ynaydi.
Bilimning nazariy darajasida ilmiy tadqiqotning keng ma’noda qo’llaniladigan
mavhumlik va aniqlik usullari mavjuddir.
Aniqlik usuli tadqiqot ob’ektining xossalari, aloqalari, munosabatlarining
ko’p qirrali birligi sifatida nazariy umumlashtirish vositasi hisoblanadi. Bu usul
aniq hodisalar haqidagi barcha aloqa va munosabatlarni o’z ichiga olgan voqelik
haqidagi bilimni yuzaga chiqaradi. Aniq voqelikning mohiyati haqidagi bilish
Do'stlaringiz bilan baham: |