301
nazariy bilimlar nisbatan tugallangan bilimlar tizimi bo’lib, bu tizim o’z
taraqqiyoti jarayonida o’zgarib boradi. Mantiqiy tafakkur uslubida ko’r-ko’rona
harakat bo’lmaydi, balki u bilimlarni umumlashtiradi, ayniqsa tarixiylikni tasodifiy
chetlashishlardan saqlaydi.
Tadqiqotning tarixiylik va mantiqiylik usullari o’zaro dialektik bog’lanishda.
Tarixiylik va mantiqiylik dialektik birlikda aniq tarixiy bilimlar asosida har bir
voqelik tarixining asosiy yo’nalishlari va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash
mumkinligini ta’kidlaydi.
Bilishning nazariy darajasida yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar yordamida
ilgari to’plangan ma’lumotlarni fikran qayta ishlab chiqqan holda olamning ilmii
manzarasi yaratiladi.
Olamning ilmiy manzarasi — bu fikrning asosiy (poydevor) nazariya
tushunchalari, tamoyil va gipotezalardan tarkib topgan falsafiy bilimlarga
asoslangan olam haqidagi umumiy qarashlar yig’indisi majmuidir. Bunga misol
sifatida o’tmishda Galiley va Nyuton tomonidan yaratilgan olam haqidagi mexanik
manzara, XVIII asrda shakllangan olamning fizikaviy manzarasi, hozirgi zamonda
keng tarqalgan A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga asoslangan olamning ilmiy
manzaralarini eslatib o’tish joiz.
Olam haqidagi ilmiy manzaraning har birining asosida ilmiy bilishning
nazariy darajasida yaratilgan muayyan ilmiy tamoyillar yotadi. Masalan, mexanika
fanining asosini inertsiya tamoyili, nisbiylik nazariyasining asosiniy — nur
tezligining barqarorligi va h.k. tashkil etadi.
Ilmiy tamoyil poydevor, boshlang’ich nuqta, boshlanish manosini anglatadi.
Masalan, falsafa fanida olamdagi narsa va hodisalarning o’zaro aloqadorligi va
taraqqiyoti, ularning inson ongida aks ettirilishi bilish nazariyasining asosiy
tamoyillari hisoblanadi. Shu kabi barcha fanlarida ham bir qator asosiy ilmiy
tamoyillar mavjud.
Olam haqidagi ilmiy manzaraning ajralmas qismi hisoblangan gipoteza ham
nazariy bilimlar turkumida muhim o’rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |