Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

296
 
Eksperiment — tajribada sinab ko’rish orqali fanda hodisalarni bilish 
faoliyatida tadqiq qilish, o’rganish usuli hisoblanadi. Eksperiment kuzatishga 
qaraganda yuqoriroq darajadagi bilish usulidir. Eksperiment ob’ektini tegishli 
tajriba moslamalarini tatbiq qilish orqali ob’ektga ta’sir ko’rsatish, izlanuvchi 
eksperiment usulini qo’llash orqali o’zini qiziqtirgan ob’ektning tomonlarini 
o’rganishi uchun unga faol ta’sir ko’rsatadi, buning uchun sun’iy sharoitlar 
yaratadi, shu sharoitda tekshirish olib boradi, ma’lumotlar to’playdi. Eksperiment 
usuli hodisalarning muhim belgilari va xususiyatlarini, ularning boshqa narsa va 
hodisalar bilan munosabati, aloqa va bog’lanishlarini chuqurroq o’rganishga 
imkoniyat yaratadi. Bu usul izlanuvchiga tabiiy sharoitda kuzatish orqali hosil 
qilish mumkin bo’lmagan bilimlarni olish imkoniyatini beradi. Kuzatish 
eksperiment bilan uzviy bog’langan. Ilmiy tadqiqotning sohalariga qarab. tadqiq 
qilinuvchi predmetlarning tabiatiga qarab eksperimentlar fikriy eksperiment ham 
bo’lishi mumkin. So’nggi yillarda ijtimoiy hrdisalarni o’rganishda eksperiment 
usulining zarurligi kelib chiqqanligi va qo’lla-nilayotganligi ta’kidlanmoqda. 
Abstraktsiya 
(mavhum 
tasavvur) 
— 
predmetlarning 
muayyan 
munosabatdagi muhim xossalarini bilish usulidir. Abstraktsiyalash hodisa, 
narsaning xossalarini, munosabatlarini taraqqiyot bosqichlariiing fikran usulidir. 
Abstraktsiyalash usuli analiz (tahlil qilish) va sintez (umumlashtirish) vositalarini 
o’z ichiga oladi. Analiz va sintez dunyoni bilish jarayonida ishlatiladigan o’zaro 
bir-biri bilan bog’langan usullardir. 
Yuqorida aytib o’tilgan usullar orqali to’plangan ma’lumotlar analiz va 
sintez tufayli har tomonlama tahlil etiladi va umumlashtiriladi. Natijada 
o’rganilayotgan ob’ektlarning o’zaro aloqadorligi haqida muayyan empirik 
bilimlar hosil bo’ladi, ularni tasnif etish imkoniyati vujudga keladi. 
Analizda o’rganilayotgan narsa va hodisa, fikr mayda bo’laklarga, ya’ni 
elementlarga bo’linadi va ular o’rtasidagi bog’lanishlar o’zaro munosabat va ta’sir 
o’rganiladi. Tarkibiy qismlarni sintez qilish uchun analiz qilinadi. Elementlarni 
qaytadan birlashtirganimizda analiz natijalari o’rganiladi. Insonning atrofini o’rab 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling