Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
293
qo’llaniladigan usullar umumiy usul deyiladi. Umumiy usul qo’llanishi doirasiga ko’ra umumiy, lekin o’z maxsus vazifasiga ega. Bizni o’rab turgan dunyo narsa va hodisalari ko’p qirrali, ko’p sifatlilik xususiyatiga ega. Ularni birdan tushunish, bilish mumkin emas. Shuning uchun bilish metodologiyasi bizga bilishning umumiy usuli va tafakkur usulini, rivojlanish qonunlarini asoslab beradi. Har bir aniq fanning o’zi qo’llaydigan xususiy usullari asosida bilim sistemasi chuqurlashib borsa, umumiy usulni tatbiq qilish orqali izlanish doirasi yanada kengayib boradi. Masalan, fizika, kimyo, biologiya singari fanlar xususiy usullar orqali izlanish bilan bu predmetlar doirasi chuqurlashsa, izlanishning umumiy usuli (masalan, modda tuzilishiga ko’ra, energiyaning saqlanish va aylanish nazariyasiga ko’ra) orqali esa ularning bilim doirasi yanada kengayadi. Fan tarixida tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlar tizimi va har bir tizimni tashkil etuvchi aniq predmetlar vujudga kelgan ekan, ularning har biri aniq tadqiqot usuliga ega. Ularning tadqiqot usullarida esa umumiy, o’xshash tomonlar bo’lishi mumkin. Ilmiy bilishning hamma fan uchun tegishli bo’lgan umumiy usullari mavjud. Ilmiy bilishning bu metodlari fan taraqqiyotida garchi umumiy hisoblansa ham, dialektik usulga nisbatan xususiy bo’lishi mumkin. Lekin bu usullar (xususiy holda) dialektik (umumiy) usul bilan bog’langandir. Xususiylik bilan umumiylikning bog’lanishi qonuniy jarayondir. Har bir aniq usul ilmiy bilish jarayonida bir-biri bilan bog’liq yoki bir-biriga zid bo’lishi mumkin. Shuning uchun har bir usulni qo’llash bilimning haqiqiy bilim ekanligini isbotlashda va shu usul orqali bilim yanada chuqur va keng mazmun asosida boyib borishini ko’rsatadi. Masalan, klassik fizikaning rivojlanishi natijasida nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, elementar zarralar fizikasi kelib chiqdi. Mikrofizika qonunlarini o’rgatish va tahlil qilish natijasida uni klassik fizika tatbiq etishining o’ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Shunday qilib, bilish jarayonida ilmiy tadqiqotning xususiy, umumiy va eng umumiy usullari mavjud bo’lib, ular o’zaro bir-biri bilan bog’liq. Dialektik usul |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling