Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
280
balki uni tasdiqlashi ham mumkin, deb ko’rsatadi . Arastu shuningdek, falsafa tarixida birinchi bor dialektika bahslashish san’atining quroligina bo’lib qolmasdan, u ayni vaqtda ilmiy bilishning usuli hamdir, deb hisoblaydi. Uningcha, dialektika borliq va tafakkurning asosiy va umumiy tomonlarini bilishga qaratilgan usul. Uning yozishicha, «dialektika ilmiy tadqiqot usuli sifatida faqat falsafaga emas, balki barcha fanlarga ham daxldordir» 1 . Forobiy Arastu fikrini davom ettirib, dialektikani falsafa, mantiq va ilmiy bilish usuli sifatida talqin etdi. Forobiyning fikricha, dialektikani falsafadan falsafani esa dialektikadan ajratib qarash mumkin emas. «Inson dialektika deb, uning shug’ullanadigan ishi, muzokara qilish qobiliyati, o’z san’atini amalda qo’llay olishiga qarab belgilanadi» 2 , -deydi Forobiy. «Dialektika san’atining maqsadi falsafa san’atini qo’llab - quvvatlash va unga xizmat qilishdadir» 3 , - deb ko’rsatadi Forobiy. «Dialektika san’ati, — falsafiy san’at, chunki dialektika san’ati tufayli inson aqlini haqiqatni bilishga qaratishi mumkin» 4 , haqiqatni bilish esa — falsafaning asosiy vazifasidir. Shuning uchun ham dialektika san’atini mukammal o’zlashtirib olish lozim. «Agar inson a’lo darajadagi notiq yoki shoir bo’lgisi kelsa, dialektik usuldan mukammal foydalana bilishi kerak», - deb uqtiradi Forobiy 5 . Arastu «Kategoriyalar», «Metafizika» va boshqa asarlarida dialektika kategoriyalari tizimini ishlab chiqadi. Forobiy Arastuning dialektika usuli haqidagi fikrlarini yuqori baholab va targ’ib etibgina qolmasdan, uni ko’p jihatdan mazmunan boyitdi ham. Forobiyning fikricha, bilish jarayonida dialektik tafakkurlash analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya sillogizmlardan foydalanmog’i lozim. Induktsiya, uning fikricha, dialektik va ilmiy shakllarda bo’lishi mumkin. Forobiy imkoniyat va voqelik, zaruriyat va tasodif, sabab va oqibat 1
2 Ал-Фараби. Диалектика. Историко-философские трактаты. – Алма-Ата: “Наука”,1985.- С.403. 3 O’sha joyda,-405-bet. 4 O’sha joyda,-594-bet. 5 O’sha joyda,-67-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling