Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

275
 
XX asr falsafasida keng tarqalgan pragmatizm oqimining namoyondalari 
Djon Dyui, Uilyam Djeyms, Charlz Pirs va boshqalar haqiqat mezonini uning 
foydaliligi tashkil etadi, degan g’oyani ilgari surgandilar. «Vena to’garagi» 
a’zolari, pozitivizm oqimining vakillari V.Karnap, O.Neyrat, V.Kraft va boshqalar 
fan kashfiyotlari kishilarning hissiy a’zolari orqali isbotlangandagina haqiqat 
bo’lishi mumkin deb hisoblaydilar. Hissiy a’zolarimiz asosida isbotlab 
bo’lmaydigan nazariyalarni, ularning fikricha, haqiqat turkumiga kiritish mumkin 
emas. 
Ilmiy falsafa ta’limotiga muvofiq, haqiqatning mezonini amaliyot tashkil 
etadi. Inson faoliyatining majmui hisoblangan amaliyot kishilarning tarixan yuzaga 
kelishi jarayonida shakllanib, barcha jamiyatlar taraqqiyoti yo’lida rivojlanadi va 
mukammallashadi. Amaliyot inson uchun bilish ob’ekti bo’lgan olam bilan 
bog’lanishdir. 
Amaliyot o’zida sub’ektiv va ob’ektiv jihatlarni birlashtirgan jarayondir. U 
ongli ravishda maqsadga yo’naltirilgan sub’ekt faoliyati bo’lib, u yoki bu 
ob’ektning o’zgarishi bilan ro’yobga chiqadigan munosabatdir. 
Amaliyot ko’p qirrali va sermazmun tushuncha bo’lib inson faoliyatining 
barcha turlarini, tomonlarini qamrab oladi. 
Amaliyotning bilish jarayonidagi ahamiyati quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, amaliyot bilish jarayonining maqsad va yo’nalishlarini 
belgilaydi. Ob’ektiv olamni bilish odamlarning muayyan ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida amalga oshiriladi. SHu tariqa amaliyot bilishning maqsadini belgilab 
beradi. Har qanday fanning vujudga kelishi amaliyotning u yoki bu talabiga 
javobdir. 
Ikkinchidan, amaliyot bilish jarayonining asosini tashkil etadi. Bu shundan 
iboratki, bilishning bir-biri bilan uzviy bog’langan bosqichlari — hissiy va aqliy 
bilish amaliyotga asoslanadi. Hissiy va aqliy bilish jarayonida qo’lga kiritilgan 
ma’lumotlar amaliyot tufayligina yuzaga keladi. Bilish jarayonining o’zi inson 
amaliyotining shakli hisoblanadi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling