Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

268
 
Muhokamada tushuncha bir-biri bilan bog’lanib, ular o’rtasida munosabat 
paydo bo’ladi. Unda tushunchalarning bizga bog’liq bo’lmagan qandaydir 
voqealari aks etadi. 
Tafakkurning uchinchi shakli mantiqiy aqliy xulosa chiqarishdir. Xulosa bir 
yoki bir necha muhokamadan kelib chiquvchi bilimdir. U orqali ilgari ma’lum 
bo’lgan bilimlar asosida yangi bilim paydo bo’ladi. 
Mantiqiy aqliy xulosada muhokamalar majmuasi bir-biriga bog’lanib, yangi 
bir xulosa kelib chiqadi. Bunday xulosaga asos bo’lgan ikki muxohama dalil deb 
ataladi. Demak, aqliy xulosa fikrni taqqoslaydi, bog’laydi, mavhum tafakkur sodir 
bo’lish jarayonini ifodalaydi. Shunday qilib, insoniyatning barcha bilimlari sezgi 
materiallarini umumlashtirish orqali hosil bo’ladi. 
Bilish jarayoni murakkab, ko’p qirrali jarayondir. U albatta sub’ektning 
qobiliyati, izlanuvchanligi, mantiqiy tafakkurning xususiyati, voqelik hodisalarini 
kuzatish, uning mohiyatini ochishda ham bir narsa va hodisaga ijodiy yondashishni 
talab qiladi. SHuning uchun ham bilishda ijod katta o’rin egallaydi. 
Ijod insonning fan, texnika, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo’lgan yangilik yaratish, kashf etish faoliyati bo’lib, murakkab 
ruhiy jarayondir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol 
ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, iste’dodi namoyon bo’ladi. Abu Nasr 
Forobiyning ta’biricha, ijod — bilish jarayonida shunday ulug’ fazilatki, inson uni 
egallashi uchun boshqa hamma fazilatlarni ishga solishi kerak. 
Ijod jarayonida boshqalar tomonidan qo’lga kiritilgan bilimlar chuqur, 
atroflicha, tanqidiy ravishda o’rganiladi, tahlil etiladi, kuzatishlar, hisoblashlar 
o’tkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi. Xulosalarning to’g’ri yoki noto’g’ri 
ekanligi tajribada sinaladi. Agar xulosa noto’g’ri bo’lsa, tajriba natijasi avvalgi 
bilimga mos tushmaydi, demak, xulosa qaytadan o’rganiladi. Ijodiy izlanish 
natijasida kelib chiqqan bilim mazmuni turli shakllarda — badiiy asar, matematik 
formula, nazariya, qonun va boshqalar orqali jamiyatga taqdim etiladi. Ulardan 
jamiyat bahramand bo’lsagina, haqiqiy, to’liq ijod bo’ladi. Ijod — fan, texnika, 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling