264
munozarali masalalar, nazariy muammolar hal qilinadi. Tabiat va jamiyat
qonunlari to’g’risidagi bilimlar ham amaliyot jarayonida tekshiriladi.
Bilish ikki bosqichdan: hissiy va mantiqiy ya’ni jonli mushohada (sezish)
va mavhum tafakkur (fikrlardan) iboratdir.
Bilishning boshlang’ich bosqichi jonli mushohada, ya’ni ob’ektiv dunyoning
buyumlarini bevosita sezgi a’zolari yordamida aks ettirishdir. Ibn Sinoning
fikricha, “Sezish — bu shunday ta’sirki, u tashqi narsalarning o’zi bo’lmay, balki
bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazning ko’zgusi bo’lib,
moddiy shakllarning bo’yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli, ularni inson
moddiy asossiz in’ikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi”.
Jonli mushohadaning bilishdagi roli muhimdir, uning yordamida dunyo
haqida aniq bilimlar kelib chiqadi. Lekin bilishning bu bosqichi ma’lum darajada
cheklangan. Bu bosqichda narsa va hodisalarning ba’zi bir tomonlari va
xususiyatlarinigina bilib olish mumkin.
Narsaning muhim belgilari, ularning ichki bog’lanishlari mohiyatlari esa
bilishning ikkinchi bosqichida tushuncha, hukm va xulosa, ya’ni mavhum tafakkur
yordamida aks ettirilishi mumkin. Bilishning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga
ko’taradigan narsa — amaliyotdir. Mehnat jarayoni, ishlab chiqarish ehtiyojlari
narsa va hodisalar asosida yotgan qonuniyatlarni ochishni talab qiladi.
Hissiy bilishga, jonli mushohadaga bilishiing sezgi, idrok va tasavvur
shakllari kiradi. Tashqi dunyoning bu in’ikos shakllari bir-biri bilan organik
aloqada bo’lib, alohida-alohida uchramaydi. Biz yuqorida sezgi haqida gapirib
o’tgan edik. Jonli mushohada jarayonidagi sezgi tashqi dunyo narsa va hodisalarini
bilishning birinchi qadamidir. Inson miyasida hosil bo’ladigan tasavvur va fikr
tashqi dunyo narsalarining sezgi orqali ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Ba’zi faylasuflar sezgini tashqi dunyodan ajratib, uni narsa va hodisaga
nisbatan birlamchi deb uqtirmoqchi bo’ladilar, sezgini yagona reallik deb
hisoblaydilar. O’tmishda bu fikrni Berkli, Yum, Avenarius va boshqalar ilgari
surgan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |