260
imkoniyatlarini cheklash idealizmning hamma ko’rinishlariga xosdir.
XIX asr sub’ektiv idealizmining vakillari bo’lgan maxchilar ham boshqa
sub’ektiv idealistlar singari dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, bizning
sezgilarimiz aniq, to’la in’ikos hosil qilishiga ishonmaydilar.
Insoniyatning ijtimoiy amaliyoti va ilmiy bilish taraqqiyotining ilgarilab
borishi bilimni chegaralab qo’yuvchi agnostitsizmni puchga chiqarmoqda. Inson
o’z aqli bilan olam sirlarini bilishi mumkin ekanligini ayniqsa hozirgi zamon fani
yutuqlari isbotlamoqda. Masalan, hozirgi zamon tabiat fanlari, ayniqsa fizika fani
atom tabiatining tuzilishini va xususiyatlarini o’rganish sohasida katta yutuqlarni
qo’lga kiritdi. Atomli parchalash, atom ichki energiyasidan foydalanish, atom
yadro zarrachalarining bir-biriga bog’liqligi, umuman mikroolamni bilish,
astronomiya, biologiyadagi kashfiyotlar ilmiy falsafaning bilish nazariyasini
to’g’riligini tasdiqlaydi.
Insonning bilish qobiliyati cheklanmagan, lekin har bir aniq tarixiy davrda
o’zi xohlagan barcha narsa va hodisalarni emas, balki bilish imkoni borlarinigina
bilib, bilmaganini keyinroq biladi. Shu bilan birga ta’kidlash kerakki, inson
bilimining ham cheksizligini ko’rsatadi.
Dunyoning moddiyligini va uning rivojlanish qonunlarining inson ongida
aks etishini e’tirof qilish ilmiy falsafa bilish nazariyasining asosidir. Fan qonunlari
tabiat va jamiyatda inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda yuz beradigan ob’ektiv
jarayonlarning in’ikosidan boshqa narsa emas. Falsafaning bilish nazariyasi asosan
quyidagilarga asoslangan:
- ob’ektiv olam bizning sezgi va tasavvurlarimizga bog’liq bo’lmagan holda
mavjud. Ob’ektiv olam inson sezgi va tasavvurlarining manbai hisoblanadi;
- inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishi mumkin. Inson
sezgi tasavvur va tushunchalarida o’ziga bog’liq bo’lmagan tashqi olamni aks
ettiradi.
Demak, tashqi olam, undagi hamma narsa va hodisalar sezgilarga ta’sir
etishi bilan sezgi obrazlari hosil qiladi. Sezgi tasavvur va tushunchalarda ob’ektiv
Do'stlaringiz bilan baham: |