Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

263
 
sermazmun tushuncha bo’lib o’z ichiga inson faoliyatining barcha shakllarini 
qamrab oladi. Amaliyotning asosini mehnat, moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. 
Bundan tashqari, siyosiy kurash, milliy ozodlik harakati, milliy tajriba ham 
amaliyotga kiradi. 
Amaliyot insonning o’ziga xos faoliyati bo’lib, faqat ulargagina tegishlidir. 
Amaliyot insonlarning, tarixan yuzaga kelishi jarayonida shakllanib, barcha 
jamiyatlar taraqqiyoti yo’lida rivojlanadi va mukammallashadi. Amaliyot tarixiy 
taraqqiyot sub’ekti hisoblangan insonning, uning uchun ob’ekt hisoblangan 
moddiy olam bilan bog’lanishidir. Bunday aloqadorlik jarayonida sub’ekt faol rol 
o’ynaydi. 
Amaliy ta’sir faqat ob’ektni emas, balki sub’ektning o’zini ham o’zgartiradi. 
Amaliyot sub’ekti alohida insonlar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, butun jamiyat ham 
bo’lishi mumkin. Qachonki, bunday sub’ekt sifatida inson bo’lar ekan, amaliyot 
alohida faoliyat tusini oladi va u bilan bog’langan bo’ladi. CHunonchi, har bir 
inson shu jamiyat a’zosi bo’lar ekan, o’zining harakatlari bilan alohida jamoat 
a’zosi bo’lib maydonga keladi. Shuning uchun ham alohida odamning faoliyati 
ijtimoiy amaliyotning bir bo’lagi bo’lib hisoblanadi. 
Amaliyot hamma vaqt ijtimoiy faoliyat bo’lgan va bundan keyin ham 
shunday bo’lib qoladi. Amaliyotning bilish jarayonidagi roli quyidagilarda 
namoyon bo’ladi: birinchidan, amaliyot bilishning boshlang’ich nuqtasi va 
asosidir. Eng avvalo shuni e’tiborga olish kerakki, bilishning o’zi amaliyot asosida 
va ayniqsa moddiy ishlab chiqarish ta’siri ostida vujudga kelgan. Bundan tashqari, 
amaliyot bilish oldiga ma’lum vazifalarni qo’yadi va ana shu vazifalarni hal qilish 
uchun yordam beradi, jumladan u ilmiy bilishni asbob-uskunalar bilan 
qurollantiradi; ikkinchidan amaliyot bilishning maqsadi hamdir. Inson bilish 
natijalaridan o’zining amaliy faoliyatida foydalanish uchun ham atrof-tevarakdagi 
dunyoni bilib boradi, taraqqiyot qonunlarini ochadi; uchinchidan, amaliyot 
haqiqatning mezonidir. Inson bilimlarining ob’ektiv olamga mos kelishi yoki 
kelmasligi amaliyot jarayonida tekshiriladi. Amaliyot jarayon bo’lib, bunda 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling