258
UCHINCHI BO’LIM: GNOSEOLOGIYA - BILISH NAZARIYASI
VI-BOB: BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA
YO’NALISHLARI
6.1.Bilishning mazmun va mohiyati
Dunyoni bilish masalasi doimo falsafa fanining diqqat markazida bo’lib
kelgan. Qadimgi faylasuflar ham dunyoni bilish mumkinligini e’tirof qilganlar.
Masalan, atomistik nazariyaning asoschilaridan biri bo’lgan Demokrit olamni
bilish va haqiqatga erishish mumkinligini ta’kidlaydi.
U bilish jarayonida hissiy
organlarimiz va tafakkur rolini oddiy va sodda holda ko’rsatadi.
Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkirlar Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn
Sino, Mirzo Ulug’bek va boshqalar ham o’z
asarlarida dunyoni bilishning, bilish
jarayonida hissiy organlar bilan aqlning roli haqida qimmatbaho fikrlarni olg’a
suradilar.
Bilish nazariyasining rivojlanish tarixida XVII-XVIII asr faylasuflari muhim
o’rin tutadi.
Ular agnostitsizm, skeptitsizmni qattiq tanqid qilib,
olamni bilish
mumkinligini ta’kidlaydilar. Masalan, ingliz faylasufi Bekon ta’limoticha, bilish
jarayoni fan va amaliyot bilan bog’liq bo’lishi va shularga bevosita
xizmat qilishi
kerak. Bekon bilish nazariyasida empirik edi. U, bilish sezishdan boshlanadi,-
deydi -hamda bilishning manbai tajriba ekanligi haqidagi g’oyani ilgari suradi.
Uning
fikricha, ob’ektiv mavjudlik to’g’risidagi bilimlar sezgilarimiz orqali
olingan dalillar tufayligina tafakkur yordamida to’ldiriladi.
Frantsuz faylasufi Dekart esa bilishning
birdan bir manbai tafakkur deb,
sezgi organlarimiz va ularning yordamida olinadigan ma’lumotlarga shubha bilan
Do'stlaringiz bilan baham: