Glossariy Agnostitsizm
Download 61.16 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antropogen
- Ateizm
- Garmoniya
- Gnoseologiya
glossariy Agnostitsizm – inson ob’ektiv borliqni to`liq bilishi mumkin emas, deb hisoblaydigan falsafiy ta’limot. Antistsientizm – fanning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini salbiy baholaydigan falsafiy nuqtai nazar. Antropogen – inson faoliyati bilan bog’liq. Antropotsentrizm – dunyoni bilishda insonni ustun qo`yuvchi falsafiy yondashuv. Aprior – tajribadan tashqarida. Inson tafakkurida tajribada ko`rilgunga qadar, tajribadan qat’iy nazar paydo bo`lgan obraz, g’oya, tushuncha. Ateizm – xudoning borligini inkor etuvchi falsafiy nuqtai nazar. Atribut – xossa. Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo`lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko`rinishida hozirgi zamonda potentsial mavjud bo`lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Belgi – boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatni ifodalaydigan va muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet. Garmoniya – bir butun narsa qismlarining o`zaro muvofiqligi. Germenevtika – falsafada – tarix, madaniyatni, o`zga individuallikni tushunish san’ati. Gipotetik – ehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga asoslangan. Globallashuv – ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni. Globalistika – globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab etishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi. Gnoseologiya – bilish nazariyasi. Deduktsiya – tadqiqot yoki tavsiflash metodi, usuli bo`lib, bunda ayrim qoidalar umumiy xulosalar, aksiomalar, qoidalar, qonunlardan tadrijiy yo`l bilan keltirib chiqariladi. Dezintegratsiya – butunning ayrim qismlarga parchalanishi. Deizm – Xudo dunyoni yaratgach, unda ishtirok etmaydi va uning voqealari tabiiy kechishiga aralashmaydi, deb hisoblaydigan falsafiy nuqtai nazar. Download 61.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling