Glossariy Agnostitsizm


Determinizm – barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog’langanligi haqidagi falsafiy ta’limot. Dialektika


Download 61.16 Kb.
bet2/24
Sana03.02.2023
Hajmi61.16 Kb.
#1148842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
GLOSSARIY

Determinizm – barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog’langanligi haqidagi falsafiy ta’limot.
Dialektika – harakat, rivojlanish, o`zgarish haqidagi falsafiy ta’limot.
Diskret – uzlukli.
Differentsiatsiya – butunning turli-tuman qismlar, bosqichlar, shakllarga bo`linishi, parchalanishi, ajralishi.
Ideal mutlaq barkamollik, bunday barkamollik haqidagi tasavvur.
Ierarxiya – bir narsaning funktsional ahamiyati yoki xizmat mavqeiga ko`ra ikkinchi narsaga, uchinchi narsaga va hokazolarga bo`ysunishi.
Ijtimoiy prognoz qilish kelajakni muayyan tarzda davriylashtirishni nazarda tutadi
Izotrop – barcha yo`nalishlarda bir xil.
Indeterminizm – determinizmga qarama-qarshi ta’limot.
Integratsiyabirlashish, birikish, yaxlit bir butunning shakllanishi.
Introvertiv – o`ziga, o`z ichki dunyosiga qarab mo`ljal oluvchi.
Imitatsiya taqlid qilish, soxtalashtirish.
Axborot inqilobi – fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi bo`lib, bunda axborot o`ta muhim resursga aylanadi.
Irratsionalizm – borliqni oqilona mantiqiy bilish imkoniyatini rad etuvchi nuqtai nazar.
Kauzallik – sababiyat, sabab va oqibatning qonuniy aloqasi.
Kommunikatsiya (keng ma’noda) – muloqot. Ekzistentsializmda – muloqot turi bo`lib, uning yordamida «Men» o`zini boshqa odamda topadi.
Konstitutsiyalashyaratish, belgilash, muayyan tashkiliy tus berish.
Konsyumerizm – iste’mol qilishga bo`lgan kuchli ehtiyoj.
Koevolutsiya – birgalikda tadrijiy rivojlanish.
Kreatsionizm – butun borliqni Xudo yaratgan deb hisoblaydigan diniy ta’limot.
Materializm – dunyoning moddiyligidan va ongdan qat’iy nazar mavjudligidan kelib chiqadigan falsafiy yo`nalish.
Mahalliymuammolar tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga tegishli bo`lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi nazarda tutiladi.
Metafizika – Gegeldan oldingi va hozirgi G’arb falsafasida borliqning o`ta hissiy tamoyillari va asoslari haqidagi fan. Falsafaning sinonimi sifatida ishlatiladigan atama.

Download 61.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling