Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
274
olmaydi. Buning sababi shuki, tabiat cheksiz, u to’xtovsiz harakat qilishda, rivojlanishda, o’zgarishda. Inson bilimi esa hech qachon moddiy olamni butunlay qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham inson bilimining mutlaq haqiqatga yaqinlashuvi nisbiydir. Bundan bizning hamma bilimlarimiz nisbiy ekan, ularda ob’ektiv mazmun yuq ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Har qanday haqiqat nisbiyligiga qaramay unda mutlaq haqiqat elementlari saqlanadi. Mutlaq va nisbiy haqiqatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo’ymay, balki ularni ajralmas bir butun holda olib o’rganmoq zarur. Mutlaq va nisbiy haqiqatlarning dialektik munosabatini bilish dogmatizm, agnostitsizm, relyativizm va volyuntarizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega. Relyativizm inson bilimlarini nisbiy deb qarash bilan birga ob’ektiv haqiqatni butunlay inkor etadi. U bilish jarayoniga dialaktikani tatbiq eta olmaganligi uchun faqat nisbiy haqiqatni e’tirof etadi va uni mutlaqlashtiradi. Uning asl maqsadi mutlaq haqiqatni, shu bilan birga ob’ektiv haqiqatni inkor etishdir. Inson ob’ektiv olamni o’z amaliy faoliyatida ma’lum tarixiy va ilmiy imkoniyatlar asosida biladi, imkoniyat esa hamma vaqt to’la bo’lmaydi. Ilmiy haqiqatlar aniq tarixiy sharoit bilan bog’liq bo’lib, aniq shaklda namoyon bo’ladi. SHuning uchun haqiqat mavhum emas, aniq bo’ladi. Haqiqat mezonini nima tashkil etadi? degan savol bilish nazariyasining murakkab masalasi bo’lib hisoblanadi. XVII asr ingliz faylasufi F.Bekon haqiqatning asosiy mezonini eksperimental tajriba tashkil etadi, degan g’oyani ilgari surgan edi. Uning fikricha, “barcha isbotlar ichida eng yaxshisi - tajribadir, agarda u barcha sinovlar ichida o’z predmet mohiyatidan chiqmagan holda bo’lsa”. XVIII asr frantsuz faylasufi Didro ham tajribani haqiqatning asosiy mezoni deb hisoblagan edi. «Biz, - deb yozgan edi Didro, - uch asosiy izlanishlar vositasida o’rin egallaymiz: tabiatni kuzatishda, mushohada va tajribalar borasida. Kuzatish ma’lumotlar yig’indisidan, mushohada ularni mujassamlashtirishdan, tajriba esa mujassamlashgan fikrlarimizni tekshirib ko’rishdan iboratdir». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling