276
Uchinchidan, amaliyot haqiqatning oliy mezoni hisoblanadi. Insonning
olam haqidagi bilimlari, uning amaliy faoliyatida isbotlanadi. Kundalik hayotda
inson olam haqida bilimlarini oshiradi, maqsadiga bo’ysundiradi va uning
haqiqiyligini tekshiradi. Agar biron narsa haqidagi tasavvur soxta bo’lsa, u holda
undan foydalanish mumkinligi to’g’risidagi bizning mulohazalarimiz ham soxta
bo’lib qoladi va undan foydalanish yo’lidagi har qanday urinish muqarrar ravishda
muvafaqqiyatsizlikka olib keladi.
Odamlarning bilimini amaliyot tasdiqlaydi yoki rad etadi. Amaliyot doim
boyib taraqqiy etib turadigan jarayon. Agarda to’plangan bilimning haqiqiyligi
mavjud amaliyotda tasdiqlanmasa, u kelajakdagi amaliyot bilan isbotlanishi
mumkin. Ob’ektiv dunyoni bilishning o’zi ilgari qayd qilinganidek, ijtimoiy
amaliyotdan kelib chiqqan, shuning uchun bilish jarayoni ijtimoiy-tarixiy amaliyot
bilan bog’langan va unga suyanadi.
Inson faoliyati, amaliyoti, olam haqidagi to’plangan bilimlarni isbotlab
berganliklari haqida ko’plab misollar keltirish mumkin. Masalan, mexanik harakat
issiqikka aylanadi, ya’ni ishqalanish natijasida o’t hosil bo’lgan, bu juda qadimiy
kashfiyot. Ko’p yillardan keyin esa odamlar issiqliqdan mexanik harakat vujudga
keltirish imkoniyatiga amaliyot asosida ega bo’ldilar.
Yana bir misol. Nemis olimi A.Eynshteyn nisbiy nazariyasini yaratadi.
Dastavval mazkur nazariya ilmiy bashorat tariqasida qabul qilingan bo’lsa, XX
asrning ikkinchi yarmida sayyoralarga kosmik qurilmalarning parvoz etishi
natijasida mazkur nazariya o’zining ilmiy isbotiga ega bo’ldi.
Demak, har bir fan inson amaliy ehtiyoji natijasida kelib chiqadi, uning
yordamida olamdagi narsa va hodisalar haqida to’plangan bilimlar amaliyot
asosida tasdiqlanib haqiqat darajasiga ko’tariladi.
6.4.Falsafada metod va metodologiya
Olamdagi barcha narsa va hodisalar, unda sodir bo’layotgan jarayonlar,
Do'stlaringiz bilan baham: |