Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
277
voqealarga kishilarning munosabati ularni anglashdan boshlanadi. Dunyoni anglash, uni bilish tafakkurlash yo’li bilan hosil bo’ladi. Shuning uchun ham olamni falsafiy anglash, tafakkurlash jarayonining qonun-qoidalari, usullari, shakllari hamma vaqt falsafa fanida qiziqish uyg’otib kelgan va hozirgi vaqtda ham shunday bo’lmoqda. Inson o’zining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun olamda mavjud bo’lgan narsa va hodisalar bilan aloqa bog’laydi. Natijada ular kishilarning hissiy a’zolariga ta’sir ko’rsatib, inson ongida muayyan tushunchalar hosil etadi. Ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazi bo’lgan mazkur tushunchalar yordamida mulohaza yuritish yo’li bilan biz voqelikdagi narsa va hodisalarning o’zaro aloqadorligi, mazmun-mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari haqida ma’lum bilimlarga ega bo’lamiz. Kishilarning olam haqidagi bilimlari kundalik hayotiy tajriba asosida stixiyali ravishda to’plangan yoki ilm-fan yordamida ongli ravishda qo’lga kiritilgan ma’lumotlardan tarkib topadi. Kundalik hayotiy tajriba asosida to’plangan empirik bilimlar asosida kishilarda olam haqida yuzaki va sodda dunyoqarash hosil bo’ladi. Bunday bilimlar odatda, sub’ektiv xususiyatga ega bo’lib, unga muvofiq inson dunyoning markazi sifatida tasvirlanadi. Shuning uchun ham kundalik empirik bilimlar ilmiy bilimlarga qadar to’plangan dastlabki ma’lumotlar hisoblanadi. Fan taraqqiyoti natijasida qo’lga kiritilgan bilimlar olam haqida ilmiy asoslangan falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunday bilimlar o’zining mukammalligi, ko’lami, chuqurligi bilan oddiy bilimlardan keskin farq qiladi. Ilmiy-falsafiy bilimlarning rivojlanishi esa o’z navbatida olamni falsafiy anglash, tafakkurlash usullari, yo’llarini nazariy jihatdan asoslab berishni taqozo etadi. SHu tariqa falsafa fanining tarkibiy qismini tashkil etuvchi - dialektik mantiq ta’limoti vujudga keldi. Mazkur yo’nalishning asosiy maqsadi va vazifasi - falsafiy tafakkurlash usulining mantiqi, qonun-qoidalari, shakllarini o’rganishdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, olamdagi narsa va hodisalar, ularning o’zaro aloqadorlik va taraqqiyot qonunlarini falsafiy anglash uchun qanday usullardan foydalanmoq lozim, qanday qonun qoidalarga rioya etish kerak? degan savolga javob |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling