Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

280
 
balki uni tasdiqlashi ham mumkin, deb ko’rsatadi . 
Arastu shuningdek, falsafa tarixida birinchi bor dialektika bahslashish 
san’atining quroligina bo’lib qolmasdan, u ayni vaqtda ilmiy bilishning usuli 
hamdir, deb hisoblaydi. Uningcha, dialektika borliq va tafakkurning asosiy va 
umumiy tomonlarini bilishga qaratilgan usul. Uning yozishicha, «dialektika ilmiy 
tadqiqot usuli sifatida faqat falsafaga emas, balki barcha fanlarga ham daxldordir»
1

Forobiy Arastu fikrini davom ettirib, dialektikani falsafa, mantiq va ilmiy 
bilish usuli sifatida talqin etdi. Forobiyning fikricha, dialektikani falsafadan 
falsafani esa dialektikadan ajratib qarash mumkin emas. «Inson dialektika deb, uning 
shug’ullanadigan ishi, muzokara qilish qobiliyati, o’z san’atini amalda qo’llay olishiga 
qarab belgilanadi»
2
, -deydi Forobiy. «Dialektika san’atining maqsadi falsafa san’atini 
qo’llab - quvvatlash va unga xizmat qilishdadir»
3
, - deb ko’rsatadi Forobiy. 
«Dialektika san’ati, — falsafiy san’at, chunki dialektika san’ati tufayli inson 
aqlini haqiqatni bilishga qaratishi mumkin»
4
, haqiqatni bilish esa — falsafaning asosiy 
vazifasidir. Shuning uchun ham dialektika san’atini mukammal o’zlashtirib olish 
lozim. «Agar inson a’lo darajadagi notiq yoki shoir bo’lgisi kelsa, dialektik usuldan 
mukammal foydalana bilishi kerak», - deb uqtiradi Forobiy
5

Arastu «Kategoriyalar», «Metafizika» va boshqa asarlarida dialektika 
kategoriyalari tizimini ishlab chiqadi. Forobiy Arastuning dialektika usuli haqidagi 
fikrlarini yuqori baholab va targ’ib etibgina qolmasdan, uni ko’p jihatdan mazmunan 
boyitdi ham. 
Forobiyning fikricha, bilish jarayonida dialektik tafakkurlash analiz va sintez, 
induktsiya va deduktsiya sillogizmlardan foydalanmog’i lozim. Induktsiya, uning 
fikricha, dialektik va ilmiy shakllarda bo’lishi mumkin. 
Forobiy imkoniyat va voqelik, zaruriyat va tasodif, sabab va oqibat 

1
Аритотель.-Соч., T.2.-M.,1978.-С.-350-351-356. 


2
Ал-Фараби. Диалектика. Историко-философские трактаты. – Алма-Ата: “Наука”,1985.-
С.403. 
3
O’sha joyda,-405-bet. 
4
O’sha joyda,-594-bet. 
5
O’sha joyda,-67-bet. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling