282
etadi. Gegel Kantning «narsa o’zida» va dualizm g’oyalarini qattiq tanqid qilib,
bilish jarayonining xususiyatlari, haqiqatga erishish dialektikasi kabi muhim falsafiy
masalalarni har tomonlama asoslab berdi.
Gegel ijodining yana bir qirrasini uning dialektika, mantiq va bilish
nazariyasining ayniyligi haqidagi ta’limot tashkil etadi. Shuningdek, Gegel
dialektika qonuniyatlarini tabiat va jamiyat taraqqiyotiga tadbiq etib falsafaning
hamma sohalarida chuqur iz qoldirdi.
Antiq o’rta asr, yangi davr olimlari dialektikaning falsafa fanida tutgan o’rni,
uning mohiyati, ilmiy bilish va amaliyotdagi hamma inson tafakkur san’atini
shakllantirishdagi ahamiyati, dialektikaning asosiy qonun va kategoriyalari,
dialektika, mantiq va bilish nazariyasining ayniyligi kabi murakkab masalalarni
ilmiy ishlab chiqdilar.
Dialektika hozirgi zamon falsafasida ham asosiy o’rinni egallab kelmoqda.
Bunga AQShda «Dialektika» nomi bilan chop etilib kelinayotgan maxsus xalqaro
jurnalning mavjudligini ko’rsatib o’tishning o’zi kifoya qiladi.
Dialektik usul bugungi murakkab vaziyatda ham fan taraqqiyoti, shuningdek,
jamiyatimizning barcha sohalarida sodir bo’layotgan jarayonlarni ilmiy asosda
chuqur va atroflicha tahlil etishda qo’l kelmokda.
Eski tuzumdan yangisiga o’tish davrida ijtimoiy muammolar va ziddiyatlar
g’oyat
keskinlashib, fuqarolar tinchligiga va barqarorlikka tahdid soluvchi omilga
aylanib ketishi mumkin. «Ijtimoiy ziddiyatlar, — deb yozgan edi I.A.Karimov, —
o’z mohiyatiga ko’ra, hamisha siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlarning
harakatlantiruvchi kuchi bo’lib xizmat qiladi. O’zgarishlarning narsa va hodisalarni
tashkil qilishda hamma aloqa va vositalarni hisobga olishni talab qiladi narsa va
hodisalarni tashkil qilishda hamma aloqa va vositalarni hisobga olishni talab qiladi qay
tarzda — yo izchil, tadrijiy yo’l bilan borishi, yo bo’lmasa, keskin shakllarga kirishi:
ijtimoiy noroziliklar, stixiyali portlashlar, hatto fuqarolar urushlari va inqiloblar tusini
olishi, to’planib qolgan ijtimoiy muammolarning qay darajada keskinligiga, hukmron
Do'stlaringiz bilan baham: |