Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

265
 
Biz sezgilarimiz yordamida narsa va hodisalarni bilib olamiz va idrok 
qilamiz, ularning xossalarini, o’xshashliklarini, farqlarini anglaymiz. Sezgi harakat 
qiluvchi materiyaning obrazi sifatida idrok uchun asos bo’ladi. Idrok ham 
ongimizni tashqi dunyo bilan bevosita bog’laydi. U sezgidan sifat jihatdan farq 
qilib, predmetning butun obrazini beradi. Idrok narsaning turli xossalarini qayta 
ishlab, ularni birlashtiradi. Demak, idrok deganda turli sezgi a’zolari bergan 
ma’lumotlar asosida miyada tashqi qo’zg’atuvchining — bir butun obrazi hosil 
bo’lishi tushuniladi. 
Sezgi va idrok tashqi dunyo narsalarining ob’ektiv to’g’ri in’ikosini beradi. 
Bu in’ikosning to’g’ri ekanligi amaliyotda isbotlanadi. Inson o’zining amaliy 
faoliyatida o’zi idrok qilayotgan narsa bilan odamning o’zida shu narsa to’g’risida 
hosil bo’lgan sezgi va idrokning o’xshashligini belgilaydi. Inson tashqi dunyo 
narsalarini o’zgartirishi mumkin. 
Asboblardan foydalanish jonli mushohadada katta ahamiyatga ega. Masalan, 
biologiya, fiziologiya sohasida tajriba o’tkazishda mikroskopni qo’llash shu 
fanning rivojlanishini tezlashtiradi. Chunki u inson ko’zi bilan ko’rolmaydigan 
xususiyatlarni ko’rishga yordam beradi. Asbobning takomillashishi yangi 
kashfiyotlarni 
vujudga 
keltiradi. 
Mikroskop 
yordamida 
organizmlarning 
hujayralardan tuzilganligi aniqlandi, kasalliklarni tug’diruvchi mikroblar topildi. 
Elektron mikroskop mikrodunyo hodisalarini o’rganish sohasida tajriba 
o’tkazishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. 
Amaliy faoliyat, fan va texnikaning rivojlanib borishi insonga har xil 
vositalar, asbob va uskunalar yaratish va hissiy bilish chegarasini kengaytirish 
imkoniyatini beradi. Demak, sezgi, undan keyin esa idrok ob’ektiv olamning 
sub’ektiv obrazini hosil qiladi. Tasavvur — mavhum tafakkurga o’tishdagi oxirgi 
bosqichdir. U narsa va hodisalarning avvalgi ta’siri natijasida xotiramizda qolgan 
taassurotlarning qaytadan esga olinishi bilan bog’liqdir. Tasavvurdagi yangi 
obrazlar ilgarigi obrazlar bilan taqqoslash orqali yuzaga kelishi mumkin. U 
mavhum tafakkur uchun asos bo’ladi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling