Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

261
 
olamning subektiv in’ikosi hosil bo’ladi. Shuning uchun ham bilish nazariyasi 
in’ikos nazariyasi deb ataladi. 
Chunki bilish jarayonida ob’ekt bilan sub’ekt dialektikasi muhim o’ringa 
ega. U sub’ekt, ya’ni inson bilan bog’liq jarayondir. Insonsiz bilish jarayoni 
bo’lishi mumkin emas. Sub’ektning ilmiy bilishdagi roli shundan iboratki, u 
ob’ektiv mavjud bo’lgan qonuniy bog’lanishlarni ochib beradi. Ob’ektga nisbatan 
ham amaliy, ham nazariy jihatdan yondashadi. 
Nemis fiziologi Gelmgolts fikricha, inson avval o’z sezgilarida tashqi 
olamni yaratadi, o’z sezgilarini narsa, hodisaga aylantiradi, keyin esa uni bilishga 
intiladi buyum tasvirini buyumning o’zi bilan tenglashtiradi. Sezgi ob’ektiv olam 
tasviri bo’lmay, olamning o’zi bo’lib qoladi. Demak, simvollar (ramziy) 
nazariyasiga ko’ra, narsa bilan narsaning tasviri orasida farq yo’q. Mavjud ob’ektiv 
olam faqat sezgi va tasavvurda bor. 
Sezgi mazmunini predmetlar xossalari bilan hech qanday umumiylikka ega 
bo’lmagan belgilar, simvollar bilan almashtirish noto’g’ri. Sezgi obrazi moddiy 
dunyo narsa va hodisalarining inson sezgi a’zolarida aks etishi natijasida yuzaga 
keladi. Demak, sezgi va tushunchada narsaning o’zi emas, narsaga nisbatan 
ikkilangan ko’rinishi hosil bo’ladi. 
Tasvir, sezgi va tushunchadan tashqarida mavjud bo’lishi mumkin emasligi 
sababli u ideal narsadir, u inson, sub’ekt ongida vujudga keladi. Lekin sezgi 
ob’ektiv mazmunga ega. U moddiy dunyoning qayta ishlangan mazmunini 
gavdalantiradi, shunga ko’ra ob’ektivdir. 
Obraz sub’ektda uning sezgi va tafakkurida hosil bo’ladi. Demak, obraz 
sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasidagi birlikni ko’rsatadi. Sezgi, tasavvur, tushuncha 
shakliy jihatdan sub’ektivdir, lekin mazmuniga ko’ra ob’ektivdir. Chunki sezgida 
real dunyo in’ikos etadi. Demak, sezgi ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazidir. 
Sezish va fikrlashni bilish jarayonining ikki mustaqil bosqichi sifatida qarash 
ma’lum ma’noga ega. Sezish umuman inson bilimi taraqqiyotiga nisbatan birinchi 
bosqichdir. Insoniyatning dastlabki bilimlari, tushunchalari dastavval sezgi a’zolari 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling