262
orqali olingan dalillar asosida yuzaga keladi. Olamdagi narsa va hodisalar haqida
sezgi obrazlari, tasavvurlar bilish jarayonining ma’lum bosqichidagina shakllanadi.
Sezish inson miyasining tashqi olam bilan dastlabki va bevosita bog’lanishidir.
Bevositalik sezgilarning eng muhim xususiyatidir. Sezgi obrazi sodir bo’lishi
uchun uni hosil qiluvchi narsa yoki hodisa ob’ektiv mavjud bo’lmog’i kerak. Bu
esa, bilish jarayonidagi eng muhim shartdir. Ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazi —
sezgi qotib qolgan, o’lik narsa emas, balki bilish jarayonida o’zgarib turadi.
Shuning uchun ham bilish bu murakkab va ziddiyatli jarayondir. Bilishning
ziddiyatli jarayon ekanligini bilimlarimizning to’laroq, chuqurroq bo’lishi uchun
dalil va ma’lumotlar to’plashga, eski dalil va ma’lumotlarning yangisiga to’g’ri
kelmay qolishida ko’rishimiz mumkin. Ziddiyatli munosabatlar hal qilinishi bilan
bilish jarayoni rivojlanib boradi. Bizning ongimiz esa bu taraqqiyotni o’zida aks
ettirish bilan birga hodisalarning yuzaki xususiyatlari va bilishdan mohiyatni
bilishga tomon boruvchi tarixiy jarayon ekanini ko’rsatadi. Xulosa qilib shuni
aytish mumkinki, bilish insonning o’z sezgilari, his va tushunchalari bilan dunyoni
in’ikos etish jarayonidir.
6.2.Bilishning bosqichlari. Hissiy va mantiqiy bilish
Tashqi olamning inson miyasida in’ikos qilinishi murakkab dialektik
jarayondir. Bilish jarayonida narsani, hodisani to’la va mukammal aks ettirish
uchun ma’lum bir yo’l bosib o’tiladi.
Bilish tafakkurning o’rganayotgan predmetga yaqinlashuvidan, fikrning
bilmaslikdan bilishga qarab, to’la va mukammal bo’lmagan bilimdan to’la va
mukammal bilimga qarab harakat qilishidan iborat cheksiz jarayonni tashkil etadi.
Bilish eskirib qolgan nazariyani yangi nazariyalar bilan almashtirib, eski
nazariyalarni yanada aniqlab, olg’a qarab boradi hamda voqelikning tobora
yangidan-yangi tomonlarini ochadi.
Bilish jarayonida amaliyot muhim rol o’ynaydi. Amaliyot ko’pqirrali va
Do'stlaringiz bilan baham: |