Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


“Aql tarozusida tortib ko’rilmagan har qanday


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

“Aql tarozusida tortib ko’rilmagan har qanday
bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o’rganmoq juda
muhim”. Ibn Sino 




259
 
qaraydi. Uning ta’limoticha, kishilar bilimining haqiqatligi tajriba bilan emas, balki 
aql ko’zi bilan tekshiriladi. Dekartning bilish nazariyasida sezgilar roli kamsitib 
ko’rsatiladi. 
Dekartning vatandoshlari Didro, Golbax, Gelvetsiylar dunyoni bilish 
jarayonida sezgilarimiz bilan tafakkurning rolini tan olsalar-da, ularning o’zaro 
munosabatlarini to’la-to’kis ochib bera olmadilar. Shuningdek, bilish jarayonida 
amaliyotning rolini to’g’ri baholay olmadilar. 
Ma’lumki, ob’ektiv dunyo, uning predmet va hodisalari bilishning birdan-bir 
manbaini tashkil etadi. Shunday bo’lsada, ayrim faylasuflar va din ta’limotida 
bilishning manbai sifatida qandaydir mistik, go’yo insondan tashqari mavjud 
bo’lgan ong («mutlaq g’oya», «olam ruhi» va hokazolar) e’tirof etiladi. Ular nuqtai 
nazarida inson tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarining mohiyatini bilishga qodir 
emas, u faqat iloh ijodining natijalarini qayd qilishga va turkumlarga ajratishgagina 
qodir. 
Agnostitsizmning yirik vakillari ingliz faylasufi David Yum bilan nemis 
faylasufi Immanuil Kantdir. Yumning fikricha, inson o’z sezgilari chegarasidan 
tashqariga chiqa olmaydi, u faqat o’z sezgilarinigina bila oladi. Real voqelikni 
inson aslo bila olmaydi. Kant esa, Yumga qarama-qarshi o’laroq, inson ongi va 
sezgilaridan tashqarida ob’ektiv olam bor deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu 
ob’ektiv olamda aslo bilib bo’lmaydigan «narsa o’zida» bor. Inson aqli o’z 
mohiyati jihatidan cheklangan bo’lib «narsa o’zida»ni bila olmaydi. Kant inson 
bilish mumkin, bo’lgan hodisalar olamini «narsa biz uchun» deb, uni inson aqli 
bilan, fan vositasi bilan bilishi mumkin deydi. «Narsa biz uchun» bilan «narsa 
o’zida» butunlay bir-biriga bog’liq emas, - deb tushuntiradi Kant, - «narsa o’zida» 
sezgi a’zolarimizga tartibsiz, aralash holda ta’sir etishi bilan bilish mumkin 
bo’lgan hodisalar yuzaga keladi, inson esa uni o’zining apriori (azaldan ongga xos 
bo’lgan) tushunchalari bilan tartibga soladi. Umuman, Kantning bilish nazariyasi 
o’z mohiyat e’tibori bilan inson aqlining bilish imkoniyatlarini, fanning rivojlanish 
istiqbollarini inkor etishga qaratilgan. Bu xilda inson aqlining bilish 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling