Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

264
 
munozarali masalalar, nazariy muammolar hal qilinadi. Tabiat va jamiyat 
qonunlari to’g’risidagi bilimlar ham amaliyot jarayonida tekshiriladi.
Bilish ikki bosqichdan: hissiy va mantiqiy ya’ni jonli mushohada (sezish) 
va mavhum tafakkur (fikrlardan) iboratdir.
Bilishning boshlang’ich bosqichi jonli mushohada, ya’ni ob’ektiv dunyoning 
buyumlarini bevosita sezgi a’zolari yordamida aks ettirishdir. Ibn Sinoning 
fikricha, “Sezish — bu shunday ta’sirki, u tashqi narsalarning o’zi bo’lmay, balki 
bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazning ko’zgusi bo’lib, 
moddiy shakllarning bo’yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli, ularni inson 
moddiy asossiz in’ikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi”.
Jonli mushohadaning bilishdagi roli muhimdir, uning yordamida dunyo 
haqida aniq bilimlar kelib chiqadi. Lekin bilishning bu bosqichi ma’lum darajada 
cheklangan. Bu bosqichda narsa va hodisalarning ba’zi bir tomonlari va 
xususiyatlarinigina bilib olish mumkin. 
Narsaning muhim belgilari, ularning ichki bog’lanishlari mohiyatlari esa 
bilishning ikkinchi bosqichida tushuncha, hukm va xulosa, ya’ni mavhum tafakkur 
yordamida aks ettirilishi mumkin. Bilishning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga 
ko’taradigan narsa — amaliyotdir. Mehnat jarayoni, ishlab chiqarish ehtiyojlari 
narsa va hodisalar asosida yotgan qonuniyatlarni ochishni talab qiladi. 
Hissiy bilishga, jonli mushohadaga bilishiing sezgi, idrok va tasavvur 
shakllari kiradi. Tashqi dunyoning bu in’ikos shakllari bir-biri bilan organik 
aloqada bo’lib, alohida-alohida uchramaydi. Biz yuqorida sezgi haqida gapirib 
o’tgan edik. Jonli mushohada jarayonidagi sezgi tashqi dunyo narsa va hodisalarini 
bilishning birinchi qadamidir. Inson miyasida hosil bo’ladigan tasavvur va fikr 
tashqi dunyo narsalarining sezgi orqali ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin. 
Ba’zi faylasuflar sezgini tashqi dunyodan ajratib, uni narsa va hodisaga 
nisbatan birlamchi deb uqtirmoqchi bo’ladilar, sezgini yagona reallik deb 
hisoblaydilar. O’tmishda bu fikrni Berkli, Yum, Avenarius va boshqalar ilgari 
surgan edilar.





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling