338
bo’lgan siyosiy institutdir.
Har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum o’ziga mos davlat tizimiga ega. Davlat o’z
ma’muriy-hududiy tuzilishi jihatidan asosan uch turda: federativ, konfederativ,
unitar (yaxlit) tarzda bo’lishi mumkin. Bu davlatning tarkibidagi qismlarning
markaziy hokimiyat bilan o’zaro munosabatlari, shuningdek, har bir hududiy
qismning mavqei turlicha mohiyat kasb etishidan kelib chiqadi.
Federativ davlatlar avtonom (muxtor) respublikalar, shtatlar, hududiy yer
birliklaridan tashkil topadi.
Konfederatsiyani ta’sis etuvchi davlatlar o’z mustaqilliklarini to’liq saqlab
qolgan holda, muayyan bir maqsadda o’z kuchlarini uyg’unlashtirib ish yuritadilar.
Unitar (yaxlit) davlatlar, federadiyadan farqli o’laroq, viloyat, o’lka, tuman,
guberniya, grafliklar singari ma’muriy-hududiy qismlardan tashkil topgan
tuzumdir. Davlatning zaruriy belgilarini qurolli kuchlar — armiya, politsiya, sud,
prokuratura va boshqa tuzilmalarning mavjudligi, o’zining davlat chegarasi, davlat
ramzlari (madhiya, bayroq, gerb), davlat tili, Konstitutsiyasi, valyutasi birligi
tashkil etadi.
Shuningdek, har qanday davlat o’zining davlat boshqaruv tizimiga ega.
Dunyo davlatchiligi taraqqiyotida boshqaruvning asosan ikki shakli — monarxiya
va respublika shakllari mavjud. Respublika o’z navbatida, parlamentar va
prezidentlik ko’rinishlariga ega.
Prezidentlik respublikaning parlamentar respublikadan asosiy farqi
shundaki, Prezident xalq tomonidan saylanib, davlatning va ijroiya hokimiyatning
boshlig’i hisoblanadi, hukumat Prezident tomonidan tuziladi va unga hisobot
beradi.
Parlament respublika esa, parlament, ya’ni oliy vakillik, qonun chiqaruvchi
Prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi va ularni o’ziga itoat ettiradi.
Davlat hokimiyatining mustahkamligi, istiqboli uning xalq ommasining
manfaat va ehtiyojlarini qay tarzda ifoda etishiga bevosita bog’liq. Shuning uchun
xalq ommasi davlatni demokratik asosda boshqarishdan manfaatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |