335
edi I.A.Karimov, - har doim buloqdan chanqog’ini bosadi. Xuddi shuningdek inson
ham necha-necha azoblar va qiyinchiliklar bilan ma’naviyat chashmasini izlaydi.
yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, mustaqil
davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik —
ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng”
1
.
Ma’naviyat insonga muayyan maqsad, kelajakka ishonch bilan borish uchun
katta umid, kuch va qudrat baxsh etadi. Ma’naviyat insonning o’zligini anglab
olishda unga yordam beradi. O’zligini anglagan insongina, o’zligini anglagan
millatgina kuchli davlat, adolatli jamiyat barpo eta oladi.
Milliy jihatdan o’zligini tanigan inson millatini, Vatanini, uning o’tmish
tarixini, adabiyoti, san’ati va madaniyatini bilib oladi. O’zligini anglagan inson,
o’zligini anglagan millat urug’ ajdodlarining aqlu zakovati va ularning hayotbaxsh
meroslariga munosib bo’lishga harakat qiladi. Vatanini o’zgacha mehr bilan
sevadi, u bilan cheksiz faxrlanadi, yurtim deb, elim deb yashaydi.
Ma’naviyat inson hayotini go’zallashtiradi, turmushiga mazmun va mohiyat
bag’ishlaydi. Yuksak ma’naviyat va madaniyat sohibi bo’lgan insonning qalbi pok,
so’zi bilan ishi bir bo’ladi.
Inson ongi, odob-axloqi, ma’naviyati, dunyoqarashi shakllanishi, talab-
ehtiyojlarining qondirilishi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarga, ijtimoiy
tuzum mohiyati va xarakteriga bevosita bog’liq. Jamiyat qanday bo’lsa, ijtimoiy
munosabatlar majmui bo’lgan inson ham unga mos bo’ladi. Demak, insonning
inson sifatida shakllanishi, o’zini namoyon qilishi, ma’naviy kamoloti, qobiliyati
va iste’dodini ro’yobga chiqarishi uchun jamiyat o’zining barcha jabhalarida
insoniylashmog’i lozim.
Tarix saboqlaridan shu narsa aniq va ravshanki, qaysi bir davlat yoki jamiyat
o’zining moddiy boyliklariga ishonib, asosiy e’tiborni faqat uni ko’paytirishga
qaratib, xalqning madaniyatini, insonning ma’naviy ehtiyojlari rivojlanishini
1
Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat.-T.:“O’zbekiston”, 1994.-9-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |