Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

333
 
madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat 
beradi. Beshavqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, 
bitiklardan tortib bugun kutubxonalarimiz xonasida saqlanayotgan 20 mingdan 
ortiq qo’lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, 
falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, 
dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz
iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. 
Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan 
bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olaman”
1

O’zbekistonda ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatga, inson aql zakovatining 
noyob va go’zal boyliklariga bundan bir necha asrlar ilgari asos solingan. 
Mamlakatimiz fani, san’ati, madaniyati juda qadim zamonlardan yuksala 
boshlanganini, uning ildizlari, zaminlari chuqur, qudratli va qadimiyligini yaxshi 
bilamiz. Ma’naviy boyliklar, ilm-fan, aql-zakovat asrlar davomida o’zbek 
millatiga, butun insoniyatga tabiat sir-asrorlarini o’rganishda, tibbiyot, falsafa, 
huquqshunoslik, ilohiyot, adabiyotshunosliqda xizmat qilib kelmoqda. Ilmlar 
xazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlarini butun dunyo biladi. Bu bizlar 
uchun cheksiz faxr-iftixordir.
Jamiyatning ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifati umuman aytganda
ma’naviy hayot ijtimoiy-siyosiy, moddiy hayoti taraqqiyotga hamisha va har doim 
eng kuchli ta’sir etuvchidir. 
Shuning uchun ham ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib 
kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash xalqning 
ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O’zbekistonning davlat 
mustaqilligini barqarorlashtirish uchun eng muhim vazifasidir. 
O’zbekistonning kelajakda rivojlangan buyuk davlatga aylanishi to’rtta 
ma’naviy negizga asoslanadi. Bu negizlar umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, 
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o’z 

1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.-T.:“O’zbekiston”,1998.-3-4-betlar. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling