Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

330
 
edi:“Bugun biz o’tkazayotgan islohotlarda ma’naviyat sohasidagi vazifalar mening 
uchun asosiy masala bo’lib kelmoqda. Nimaga deganda, bozor iqtisodiyotini 
ko’rish mumkin. Yangi hayotni ham albatta barpo etamiz. Xalqimizning hayot 
darajasini ham ko’tarib olamiz. Ishsizlik bartaraf etiladi, odamlarning daromadlari 
yaxshilanadi. Lekin odam nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki mening nazarimda
avvalo ma’naviy jihatdan baquvvat bo’lishi shart. Yana bir takror aytaman: ildizi 
baquvvat, yangi ruhan bardam, ongi tiyrak, ma’naviy nuqtai nazardan yuksak 
kishilar bilan oldimizda turgan barcha muammolarni hal etish oson kechadi”
1

Iqtisodiy va siyosiy omillar singari ma’naviyat va ma’rifat ham jamiyat 
taraqqiyotini tezlashtirish va jadallashtirishning eng muhim sharoitlaridan biri 
bo’lib hisoblanadi. Dunyodagi har bir millat va xalqning katta-kichikligidan qat’i 
nazar, ma’naviy boyliklarga ehtiyoj sezgan va sezayotganligi tarixiy haqiqatdir. 
Ma’naviy hayot yuksak bo’lmagan joyda moddiy ne’matlarni ishlab 
chiqarish va iste’mol qilish madaniyati yuqori darajada bo’lmaydi. Dunyoga kelish 
va yashashdan maqsad qorin to’ydirib boylik orttirish deb hisoblagan odam to’q, 
farovon, madaniy turmush kechirish me’yorlarini ham bilmaydi. Ma’naviyati yetuk 
insonlar kelajakni oldindan ko’rishga, qiyinchiliklarni yengishga, og’ir sharoitda 
ham yuksak maqsadlarni oldiga qo’yib, ularga ishonch-ixlos, iymon-e’tiqod bilan 
intilishga qodir bo’ladi. 
Madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat odamlarni jamiyat talablari, qonun-
qoidalar, odob-axloq me’yorlari asosida yashash va faoliyat ko’rsatishga, 
insonparvarlik, halollik, ijtimoiy adolatlilik, umuminsoniylik g’oyalari va 
tamoyillariga astoydil sodiq bo’lishga yo’naltiradi. 
Odamlarning madaniy-ma’naviy saviyasi basharti past bo’lsa, uning salbiy 
oqibatlari iqtisodiyotda ham, ijtimoiy sohalarda ham, oilada ham, jamoatda ham 
kishilarning o’zaro munosabatlari, odob-axloqi, turmush tarzlari va yurish-
turishlarida ham albatta seziladi. Iymon-e’tiqod sustlashgan, ma’naviy omillar 
zaiflasha boshlagan joyda odamlardan mehr-oqibat ko’tarila boshlaydi, haqiqiy 

1
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-Jild.-T.:“O’zbekiston”, 1996.-121-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling