Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

328
 
rivojlanishining qonuniy oqibatidir
1

Moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida kishilar xohish istaklaridan 
qat’i nazar bir-birlariga bog’liq bo’ladilar, har bir ishlab chiqaruvchining mehnati 
esa ijtimoiy mehnatning kichkina bir qismiga aylanadi. Ishlab chiqarish har doim 
va har qanday sharoitda ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, ikki xil munosabatlarni, 
ya’ni kishilarning tabiatga hamda bir-birlariga bo’lgan munosabatlarni o’z ichiga 
oladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida bo’ladigan munosabatlar ishlab 
chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlardir. Moddiy munosabatlar 
odamlar o’rtasidagi barcha mavjud munosabatlarning eng asosiysi va muhimidir. 
Ular boshqa hamma ijtimoiy munosabatlarni — turli guruhlar, tabaqalar 
o’rtasidagi, jamiyat bilan shaxs o’rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Ma’naviy, 
mafkuraviy, ijtimoiy, siyosiy, oilaviy, axloqiy va boshqa munosabatlar ham ishlab 
chiqarish munosabatlariga yoki moddiy munosabatlarga bog’liq. 
Moddiy ishlab chiqarishning asosini turli shakldagi mulkchilik tashkil etadi. 
Moddiy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi xuddi shu mulk shakllari bilan 
bevosita bog’liqdir. “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risidagi 
qonun”ga muvofiq, hozirgi kunda jamiyatimiz iqtisodiy negizini turli ko’rinishdagi 
(davlat; nodavlat (xususiy mulk, shirkat (jamoa) mulki, aralash mulk, boshqa 
davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki va h.k.) 
mulk shakllari tashkil qiladi.
7.3. Jamiyatning ma’naviy asoslari
 
Jamiyatning ma’naviy hayoti qamrovi nihoyatda keng, mazmunan chuqur, 
shaklan xilma-xildir. Ma’naviy hayot inson aql-idroki va tafakkurining barcha 

1
Bu haqda qarang: G’affarova G.G’. Nanotexnologiya g’oylarining ijtimoiy-falsafiy omillari // 


Mustaqillik va g’oyalar falsafasini mohiyatini tahlili. Monografiya – Toshkent: Navro’z, 2014.–
B.42-63. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling