Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

325
 
davrini ko’rsatib o’tadi. Dastlabki ikki davrda odamlar tilga ega bo’ldi, mehnat 
qurollarini yaratdi va olovni kashf etdi. Buning natijasida miloddan avvalgi 5-3 
ming yilliklarda Hindiston, Xitoy, Misr, Mesopotamiya madaniyati shakllandi. 
Uchinchi davr miloddan avvalgi VIII-II asrlar – Yunonistondan Xitoyga 
qadar ma’naviy yuksaklik qaror topdi. Bu davr cheksiz imkoniyatlarni vujudga 
keltirdi. To’rtinchi davrni XV-XX asrlarda Yevropada ilmiy-texnik 
sivilizatsiyaning qaror topish davri bo’ldi, deb ta’riflaydi olim. 
Amerikalik olim Frensis Fukuyama ijtimoiy taraqqiyot haqida «tarixning 
intihosi» g’oyasini ilgari surdi. U “tarixning intihosida jamiyat va davlat inson 
uchun maqbul shaklga keladi, jamiyatda liberal g’oyalar g’alaba qozonadi. 
Jamiyatni tashkil etilishining eng maqbul yo’li – liberalizmdir”, - deb hisoblaydi. 
Olim insoniyat tarixining mohiyatini jamiyat a’zolarining barcha manfaatlarini 
qondira oladigan, barcha asosiy ziddiyatlar yechimini ta’minlay oladigan jamiyat 
qurish tashkil etadi, degan xulosaga keladi. 
 
7.2. Ijtimoiy hayot sferalari. Jamiyatning moddiy asosi. 
Jamiyat qotib qolgan emas. Iisoniyat singari har bir alohida jamiyat ham 
doimo taraqqiy etib, o’tmishdan kelajakka tomon yuksalib, ilgarilab boraveradi. 
Jamiyat taraqqiyoti asosini mehnat, ishlab chiqarish tashkil etadi. Moddiy 
boyliklarni tabiat insonga tayyor holda yetishtirib bermaydi. Tabiat baxsh etgan 
narsalar bilan o’z ehtiyojlarini qondiruvchi hayvonlardan farqli o’laroq, inson 
tirikchiligi uchun zarur bo’lgan moddiy buyumlarlarni o’zi ishlab chiqaradi. 
Hayvonlar tabiatga moslashadi. Inson esa tabiatga faol ta’sir ko’rsatib, uni 
o’zgartiradi, o’zlashtiradi va o’z maqsadi yo’lida undan foydalanadi. Inson 
o’zining bitmas tuganmas mehnati bilan tabiatga ta’sir ko’rsatadi, ishlab 
chiqarishni amalga oshiradi. 
Moddiy boyliklar yaratish quyidagi uch jihatni o’z ichiga oladi: 1)maqsadga 
muvofiq faoliyatni, ya’ni mehnatni; 2) mehnat predmetlarini, turli xildagi tabiiy 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling