Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

322
 
xil nuqtai-nazar mavjud: 
a) Jamiyat taraqqiyotiga formatsion yondoshuv; 
b) Sivilizatsion yondoshuv. 
Tarixiy jarayonlarga formatsion yondoshuvga ko’ra, insoniyat tarixi yaxlit 
tabiiy-tarixiy jarayon. Bu jarayon ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning ketma-
ketlikda o’rin almashuvi jarayonidir. Ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalar to’g’risidagi 
falsafiy ta’limot Karl Marks (1818-1883 yy.) tomonidan ilgari surilgan. Bu 
ta’limotga ko’ra ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida turgan jamiyat 
ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyadir. 
Jamiyatlar 
taraqqiyoti 
ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyalarning o’zaro almashinuvi tarzida kechadi. Marks jahon tarixini bir – 
formatsiyadan ikkinchi formatsiyaga o’tishdan iborat chiziqli rivojlanish sifatida 
tahlil etdi. Marksning ijtimoiy taraqqiyot to’g’risidagi qarashlari tarixni 
materialistik tushunish nazariyasi, deb yuritiladi. 
Formatsiyali taraqqiyot quyidagi formatsiyalardan iborat: 
1) Ibtidoiy jamoa tizimi 
2) Quldorlik 
3) Feodalizm 
4) Kapitalizm 
5) Sotsializm
Ijtimoiy 
taraqqiyotga 
formatsion 
munosabat 
tarixning 
mohiyatini 
tushunishga ma’lum darajada imkon beradi, lekin Marks tomonidan ilgari surilgan 
tarixni materialistik tushunish nazariyasining bir yoqlamaligi tobora ayon bo’lib 
qolmoqda, zotan tarixiy taraqqiyotning hamma bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar jamiyat hayoti asosini belgilashi shart emas. Turli xalqlar
mamlakatlarning tarixini uzluksiz taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiya sifatida tushunish yetarli emas. Hozirgi davrda jamiyatlar taraqqiyotini 
5 formatsiyadan iborat, taraqqiyotning o’zi uzluksiz chiziqli rivojlanish tarzida 
kechadi, degan qarash ijtimoiy taraqqiyotning butun murakkabliklarini tushunishga 
yetarli imkon bermaydi.





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling