320
demakdir. Bunday anglashning asosida «Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyot
jarayonida o’zgarib boradimi? Agar o’zgarib borsa, bu o’zgarishlar qanday tarzda
kechadi?» degan savollarga javob berishni talab qiladi.
Jamiyatlar taraqqiyoti «ijtimoiy progress» tushunchasi orqali ifodalanadi.
Progress lotincha ilgarilanma harakat, muvaffaqiyat degan ma’nolarni ifodalaydi.
Ijtimoiy progress jamiyat taraqqiyotini ifodalaydigan tushuncha hisoblanadi.
Progressning zidi, uning teskarisi – regress. Agar ijtimoiy progress insoniyat
jamiyati taraqqiyotining quyidan yuqoriga, nomukammalikdan mukamallik sari
borishini ifodalasa, regress – uning teskarisi: jamiyatning yuqori bosqichidan
orqaga, ijtimoiy hayotning quyi darajasiga tushib qolishini ifodalaydi. Jamiyatga
olg’a qarab taraqqiy etish – progress xos bo’lgani singari, orqaga qaytish, izdan
chiqish, regress ham xosdir.
Insoniyat taraqqiyotining asosini nima belgilaydi? Ijtimoiy progressning
mezonlari bormi? Bu masala ijtimoiy falsafiy fikrlar tarixida turlicha hal qilingan.
Masalan, G’arbiy Yevropa ma’rifatparvarlari inson ongi, aqlu-zakovatini ijtimoiy
progressni belgilaydigan mezon, deb hisoblaganlar. Keyinchalik, XIX asrning oxiri
XX asrning boshlarida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish
munosabatlari ijtimoiy progress mezonidir, degan qarash ilgari surildi. Hozirgi
davr nuqtai-nazaridan qaraganda, ijtimoiy progressning mezoni jamiyatning
insonparvarlik darajasidir.
Ijtimoiy taraqqiyot nima? U qanday tarzda kechadi? Tarixiy jarayonlarning
mohiyatini nima tashkil etadi? Insoniyat taraqqiyoti tarixi qaysi yo’nalishda
amalga oshadi? degan savollarga qadimdan olimlar javob izlaganlar. Tarixiy
jarayonlar, uning maqsadi, yo’nalishlari haqida qadimdan bir qator nazariyalar
yaratilgan.
Bular.
1. Tarixiy jarayonlar, ijtimoiy taraqqiyotning chiziqli nazariyalari
2. Tarixiy aylanma nazariyasi.
3. Tarixiy taraqqiyot haqidagi hozirgi zamon nazariyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |