317
tor ma’noda esa u kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tuzumning
aniq turini anglatadi.
Kishilik jamiyati tabiat tadrijiy taraqqiyotining muayyan bir bosqichida
vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir. Kishilik jamiyati taraqqiyoti
olamda ro’y berayotgan umumiy qonuniyat jarayonining muhim bir tarkibiy
qismini tashkil etadi va u tabiatda ro’y berayotgan dialektik rivojlanish bilan
bevosita bog’langandir.
Tabiat taraqqiyotining oliy mahsuli bo’lgan jamiyatni kishilarning faoliyati
yaratadi, shu bilan birga odamning o’zi ham jamiyat taraqqiyotining mahsulidir.
Kishilik jamiyati odamlarning ishlab chiqarish faoliyati asosida vujudga
kelgan. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’zaro muayyan ijtimoiy aloqa va
munosabatlarda bo’ladilar. Ishlab chiqarish munosabatlarining ja’mi ijtimoiy
munosabatlar deb ataladigan narsani, ya’ni jamiyatni vujudga keltiradi, vujudga
keltirganda ham tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida turgai jamiyatni
vujudga keltiradi.
Ilmiy falsafa jamiyatga mavhum, g’ayri-tarixiy qarashga, ya’ni uni vaqt
bilan va uning o’zi turgan muayyan taraqqiyot bosqichi bilan bog’lanmagan holda
izohlashga asoslangan metafizik tushunishlardan, umuman jamiyat yo’q va
bo’lmaydi, balki tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida turgan, o’ziga xos
xususiyatga ega bo’lgan jamiyat mavjuddir, deb hisoblaydi.
Har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum o’zining paydo bo’lish va rivojlanish
qonunlariga egadir. Shu bilan birga ularning har birida jahon tarixining yagona bir
jarayoniga bog’lovchi umumiy qonunlar ham amal qiladi. Insoniyat jamiyati
tarixida turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar bir-birining o’rnini egallaydi.
Taraqqiyot hech qachon to’xtab qolmaydi. Insoniyatga xos bo’lgan o’sish,
o’zgarish va rivojlanish bir tuzumdan boshqasiga o’tish jarayonidagina emas, ayni
paytda har bir tuzum doirasida quyi bosqichdan yuqori bosqichga tomon
rivojlanish jarayoniga ham xosdir.
Kishilik jamiyatining o’sishi, o’zgarishi va rivojlanishi o’tmishdan kelajakka
Do'stlaringiz bilan baham: |