Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

318
 
tomon borayotgan jarayonni ifoda etadi. Ishlab chiqarish qurollarining oddiy
qo’pol toshbolta va nayzalardan hozirgi zamonning murakkab texnikasi tomon 
borayotganligi buning isbotidir. Jamiyat hayotining qaysi bir tomonini olib 
qaramaylik, hamma joyda harakat, o’sish, o’zgarish mavjudligini ko’rmay ilojimiz 
yo’q. Kishilik jamiyatidagi taraqqiyot olamda ro’y berayotgan umumiy dialektik 
jarayonning muhim bir tarkibiy qismini tashkil etadi. 
Tarix o’zgaruvchandir. Bu o’zgaruvchanlik insoniyat jamiyati hech qachon 
bir nuqtada turib qolmasligi, ijtimoiy taraqqiyot vaqt singari orqaga qaytmaydigan 
jarayondan iboratligini ko’rsatadi. Jamiyat taraqqiyoti hamisha bitta yo’ldan, 
o’tmishdan hozirga, hozirdan kelajakka tomon boradi.
Falsafaning tarixiy jarayon mazmuni, uning qonuniyatlari va asosiy 
yo’nalishlarini tushuntirish, uni bilish metodlarini asoslash bilan shug’ullanuvchi 
bo’limi tarix falsafasi hisoblanadi. Tarix falsafasi ontologiyasi, tarix falsafasi 
gnoseologiyasi, tarix falsafasi tarixi, tarix falsafasi antropologiyasi kabi tarkibiy 
qismlar farqlanadi. Tarix falsafasining dunyoqarashga doir, nazariy, metodologik 
va prognostik funktsiyalari mavjud. Turli davrlarda tarixiy jarayon mohiyati 
faylasuflar tomonidan o’ziga xos tarzda talqin etib kelingan. Xususan, XVI asr 
ingliz tarixchisi Kollingvud jamiyatlar tarix fani doirasida 4 bosqichdan iborat 
imperiyani tashkil etadi, bular; a) Sharq jamiyati; b) Yunon jamiyati; v) Rim 
imperiyasi; g) German imperiyasi deb hisoblagan. 
Frantsuz 
utopisti 
Sen-Simon 
(1760-1825yy.) 
jamiyatlar 
tarixini 
davrlashtirishda undagi mavjud iqtisodiy tizimni asos qilib oldi va bularni; a) antik 
davr (quldorlik bilan bog’liq); b) o’rta asr jamiyati – feodalizm bilan bog’liq va v) 
yirik sanoatga asoslangan jamiyat deb atadi. Sanoatlashgan jamiyatni 
taraqqiyotning pozitiv davri, deb ko’rsatdi. 
Frantsuz olimi Ogyust Kont (1798-1857yy.) jamiyatning rivojlanish 
sabablarini ma’naviy taraqqiyotdan qidiradi va insoniyat jamiyati taraqqiyoti 3 
bosqichda amalga oshadi, bular jamiyat taraqqiyotining hamma uchun umumiy 
bo’lgan: a) teologik; b) metafizik; v) pozitiv bosqichlaridir, degan fikrni ilgari 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling