321
Tarixiy taraqqiyotning chiziqli taraqqiyot ekanligi haqidagi qarashlar
deganda olamning yaratilishidan boshlangan taraqqiyot yo’li bir yo’nalishda, tekis
davom etishi nazarda tutiladi.
Ko’pgina antik davr olimlari tarixiy taraqqiyotni chiziqli taraqqiyot sifatida
izohlaganlar. Antik davr olimlari Pifagor (er.av. 480-410 yy.) va Demokrit (er.av.
460-370 yy) insoniyat tarixi doimo ilgarilama taraqqiy etgan, bu yovvoyilikdan
oltin asrga qarab boradigan taraqqiyot, deb hisoblaganlar.
Ayrim faylasuflar, masalan Gesiod, Seneka, (taxm.mil.av. 5-4 y., mil.av. 4 y.
- mil. 65 y.) jamiyat taraqqiyotini regress – orqaga qaytish tarzida tushunganlar.
Ularning fikricha, ijtimoiy taraqqiyot «oltin asr»dan «temir asri»ga qarab boradi,
ya’ni orqaga qaytadi. Bunda jamiyat yemiriladi, axloq yo’qoladi.
Ijtimoiy taraqqiyotning doiraviyligi yoki tarixiy aylanma nazariyasi qadimiy
Yunon faylasuflari Platon, Aristotel tomonidan ilgari surilgan. Ular insoniyat
taraqqiy etib boradi, lekin bu taraqqiyot doiraviy tarzda sodir bo’ladi va jamiyat
taraqqiyot natijasida doimo o’zining boshlang’ich holatiga qaytadi, deb
hisoblaganlar.
O’rta asr faylasuflari ijtimoiy taraqqiyotni inkor etmaganlar, lekin bu
taraqqiyotni Xudoga bog’lab tushuntirganlar.
Insoniyat tarixidan
umumiylik
va
xilma-xillik
italiyalik
faylasuf
Djambattista Viko (1668-1744 yy.) tomonidan asoslab berilgan. U o’zining
«Millatlarning umumiy tabiati to’g’risidagi yangi fanning asoslanishi» kitobida yer
yuzidagi barcha millatlar taraqqiyotining uch davri doirasida tsiklik rivojlanib
borishi to’g’risidagi tarixiy aylanma nazariyasini ishlab chiqqan. Bular:
1. «Xudolar asri» - homiylarga bo’ysunish davri;
2. «Qahramonlar asri» - aristokratik davlat davri;
3. «Insonlar asri» - vakolatli monarxiya yoki demokratik respublika davri.
Har bir bosqich oxir oqibat inqirozga uchraydi va parchalanib ketadi, va har safar
tarixda shu tarzdagi aylanma harakat takrorlanadi, deb hisoblagan.
Hozirgi zamon falsafasida tarixiy taraqqiyot muammosi bo’yicha asosan ikki
Do'stlaringiz bilan baham: |