Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

329
 
mahsullarini, jamiyat tomonidan to’plangan madaniy boyliklarida ifodalangan 
yutuqlarni, ijtimoiy ong shakllarini, kishilarning g’oyalarini, qarashlari, 
tasavvurlari, dunyoqarashi, odob-axloqi, butun ma’naviy olamni qamrab oladi. 
Jamiyat ma’naviy hayoti, boshqacha aytganda, umuman ma’naviy ishlab 
chiqarishni o’z ichiga oladi. 
Maorif, ilm-fan, adabiyot, san’at, kino va teatr, xalq ijodiyotining jamiki 
durdonalari inson ma’naviy faoliyatining muhim elementlari, ko’rinishlari, tarkibiy 
qismlaridir. Kutubxona va muzeylar, radio va televidenie, matbuot, umuman 
ommaviy axborot vositalari haqida ham shu fikrni aytish mumkin. 
Jamiyat taraqqiyoti iqtisodiyot bilan ma’naviyatning bir-biri bilan 
bog’langan, biri ikkinchisisiz voqe bo’lmaydigan murakkab jarayondir. Iqtisodiyot 
va ma’naviyat har qanday jamiyat hayoti va taraqqiyotining o’zaro ajralmas ikki 
sohasi, muhim tomonlaridir. Ular biri-birini inkor etmaydi, balki bir-birini 
quvvatlab, o’zaro ta’sirlanib rivojlanib va takomillashib boradi. “Agar iqtisodiy 
o’sish, taraqqiyot — jamiyatimizning tanasi bo’lsa, ma’naviyat-ma’rifat va siyosiy 
ong yetukligi uning ruhi, aqli jonidir”
1

Jahon tarixiy tajribasining ko’rsatishicha, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy 
taraqqiyotning tanho bir o’zigagina asoslangan jamiyat va davlatning tag zamini 
mo’rt bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyot madaniy-ma’naviy, ruhiy, 
ma’rifiy kamolot, o’sish-o’zgarish va rivojlanish bilan chambarchas 
bog’langandagina jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti behad tezlashadi va 
yuksak samaralar beradi. Ijtimoiy hayotda tub tarixiy o’zgarishlar ana shunday 
sharoitlarda sodir bo’ladi. Jahondagi barcha ilg’or mamlakatlar shu boisdan ham 
tarixiy taraqqiyotning burilish davrlarida jamiyat ma’naviy hayoti rivojlanishi 
masalalariga katta e’tibor berganlar, madaniy saviyasi darajasini, ma’naviyati va 
madaniyatini ko’tarish zarur deb hisoblaganlar.
I.A.Karimov, jamiyat hayotining barcha jabhalari, birinchi galda iqtisodiyot 
ham ma’naviyat-ma’rifat bilan uzviy aloqadorligini ta’kidlab shunday degan 

1
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.2-Jild.-T.:“O’zbekiston”.-261-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling