Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

332
 
haqiga zarracha bo’lsada xiyonat qilmasliqdir. “Turkiston mulkining shayhul 
mashoyixi” Xoja Ahmad Yassaviy e’tiqodicha, “haq yo’liga kirib bo’lmas pok 
bo’lmasdan”, halol bilan haromni farqlash, faqat o’z mehnati evaziga tirikchilik 
qilish, harom-harishdan jirkanish, haromxo’rlikni eng katta gunohi azim va 
axloqsizlik deb hisoblash muhimdir. Xoja Ahmad Yassaviy ta’biricha, “nafs 
yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur, yo’ldan ozib, toyib, to’zib, gumroh bo’lur. Yotsa, 
tursa shayton bilan hamroh bo’lur...”. 
Nafsga erk bergan kishi, Sharq musulmon falsafasida qayd etilishicha, 
behisob azob-uqubat, kulfatlarga giriftor bo’ladi. Nafsga erk berib mol-dunyo 
to’plashga berilib ketgan, o’zgalarni o’ylamaydigan, boshqalar tashvishi bilan 
kuyib-yonmaydigan odam odamiyliqdan chiqadi, el-yurt e’tiboridan chetda qoladi. 
Nafs hokim bo’lgan ko’ngillardan ruh, ma’naviyat chekinadi. Ko’ngil butunlay 
nafs ixtiyoriga aylanadi. Bu ko’ngil hech kimga yaxshilik keltirmaydi. Barcha 
razilliklar, zo’ravonliklar, barcha insofsizliklaru, makru-hiylalar va oqibatsizliklar 
nafs tufaylidir, nafs bandasi bo’lib qolishning oqibatidir. Nafs — hiylakorlikning, 
quvlikning, shaytonlikning, uchiga chiqqan makkorlikning asosidir. 
Insonni ma’naviy-axloqiy jihatdan bezaydigan xalqimiz ma’naviyati, 
ma’naviy hayoti shakllanishi va rivojlanishi tarixiga nazar solsak, uning zaminlari 
nihoyatda mustahkam ekanligiga ishonch hosil qilamiz. U o’zining chuqur ildiziga 
ega. Uning ildizlari asrlar qa’riga borib taqaladi. Dunyodagi qadimiy 
sivilizatsiyalardan biri bizning mintaqamizda, Turonimizda paydo bo’lgan. 
“Hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz, — 
degan edi I.A.Karimov, — nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi 
markazlaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk 
tuproqdan buyuk allomalar, fozilu - fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, 
sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu 
zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan 
murakkab suv inshoatlari, shu kungacha qo’rku fayzini, mahobatini yo’qotmagan 
asori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling