Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
327
chiqaruvchi kuch sifatida inson yangi mashina va mexanizmlarni ixtiro qiladi, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy kashfiyotlar qiladi, fan va texnikani, adabiyot, san’at va madaniyatni rivojlantiradi, yangi texnologiyani yaratadi. Inson o’zining bilimi, tajribasi, malakasiga tayanib ishlab chiqarishni amalga oshiradi. Inson faqat ishlab chiqaruvchi kuchdan iborat emas. Shu bilan birga u ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti hamdir. Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ularning asosiy qismlari xususida, hozirgi sharoitda fan va texnikaning o’sib borayotgan roli va ahamiyati haqida fikr yuritmasdan bo’lmaydi. Inson ishlab chiqarish qurollarini takomillashtira borib, o’zining ishlab chiqarish malakasini ham o’zgartiradi. Ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, siyosiy taraqqiyotning hozirgi tarixiy bosqichida, fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan ijtimoiy ishlab chiqarishda, inson amaliy faoliyatining barcha sohalarida muntazam ravishda foydalanmasdan turib olg’a rivojlanib bo’lmaydi. Moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi, mehnat unumdorligining o’sib borishi ham shunga bevosita bog’liq. Fan ishlab chiqarishga, xalqlarning turmush darajasi, madaniyati, axloqi, dunyoqarashiga o’z ta’sirini ko’rsatmokda. Hozirgi paytda ishlab chiqarishni zamonaviy qurollar bilan ta’minlashda, jamiyat taraqqiyotida fanning tutgan o’rni va ahamiyati beqiyos darajada kuchaydi. Fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish yangidan-yangi tarmoqlarining yuzaga kelishi va turmushda qo’llanishiga zamin yaratadi. Radiotexnika, radioelektronika, elektron texnikasi, sintetik kimyo. Yadro energetikasi, sun’iy to’qimalar kimyosi, elektron hisoblash mashinasi — bular va boshqa shu kabilar fan va texnikaning yangi zamonaviy tarmoqlaridir. Insoniyatning atom energiyasini egallash, koinotni o’zlashtirish, avtomatlashtirish, kibernetika, matematika, fizika, biologiya fanlari yutuqlaridan foydalanish borasida erishgan natijalari xayron qolarlik darajada son-sanoqsizdir. Demak, hozirgi sharoitda ishlab chiqaruvchi kuchlar, ayniqsa sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jahon miqyosida tezkorlik bilan rivojlanayotgan ekan, bu albatta, fan va madaniyatning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling