315
TO’RTINCHI BO’LIM: IJTIMOIY FALSAFA
VII-BOB: Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’rifiy
qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi
7.1.Jamiyat va tarix o’zgaruvchanligining falsafiy jihatlari
Olamni bilish nafaqat tabiat balki jamiyat hodisalarini falsafiy tahlil etishni
taqozo etadi.
Shuning uchun ham jamiyat nima, u qanday qilib paydo bo’lgan,
jamiyat taraqqiyotining manbai nimada kabi savollar kishilarni doimo qiziqtirib
kelgan. Jamiyatning kelib chiqishi, uning taraqqiy etish qonuniyatlari haqida Sharq
mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar bir qancha ajoyib fikrlarni
ilgari surganlar.
Forobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” asarida,
jamiyat insonlarning
xohishi bilan o’zlariga kerak bo’lgan iste’mol mahsulotlarini birgalashib ishlab
chiqarish niyatida tashkil etilgan jamoa birlashmasi, deb yozadi.
“Har bir inson o’z tabiati
bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy
darajadagi yetuklikka erishmoq uchun qo’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi
bunday narsalarni qo’lga
kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar
jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. Shu sababli yashash uchun zarur bo’lgan,
insonlarni
bir-birlariga bog’lovchi va o’zaro yordamlashuvchi ko’p kishilarning birlashuvi
orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday
jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularnint
har biriga yashash va
yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun
inson shaxslari ko’paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar,
Do'stlaringiz bilan baham: