Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

341
 
darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”
1

Urug’ — qonqarindoshlik zamirida birlashgan ijtimoiy — etnik birlikning 
shakli bo’lib hisoblanadi. U ibtidoiy jamoa tuzumining boshlang’ich davrlarida 
vujudga kelgan. 
Qabila — ibtidoiy jamoa tuzumining so’ngi davrida qon-qarindosh bo’lgan 
til va hududi jihatidan bir-biriga yaqin urug’larning ijtimoiy-etnik birligidir. 
Elat — jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichida til, madaniyat, hududiy 
birlik asosida bir necha qabilalar birligida yuzaga kelgan ijtimoiy-etnik shakli 
hisoblanadi. 
Millat — ijtimoiy-etnik birlikning jamiyat taraqqiyotining yuqori 
bosqichlariga xos bo’lgan shakli hisoblanadi. 
Ijtimoiy-etnik birliklar bir-biridan o’zining turmushtarzi, tili, tarixi, 
madaniyati, urf-odatlari, iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko’ra farq qiladi. 
Har bir millatning qiyofasi, uning katta yoki kichikligidan qat’i nazar eng 
avvalo, o’zining milliy ongi va psixologiyasida ifodalanadi. 
Milliy psixologiya — har bir millat vakilining milliy his-tuyg’ulari, xatti-
harakatlari, ruhiy kechinmalari, psixik temperamenti va fe’l-atvorlari kabi 
munosabatlarni namoyon etadi. Ma’lumki, milliy tuyg’u — bu tabiiy tuyg’udir. 
Ayni paytda milliy tuyg’u ma’naviy hayotning juda ham nozik elementidir. Milliy 
tuyg’ular esa milliy iftixor, milliy xarakter, ya’ni milliy psixologiyaning 
belgilaridan biri, uning ajralmas qismidir. 
Milliy his-tuyg’u milliy iftixor bilan bog’liqdir. U o’z millatining tarixini, 
hozirgi ahvoli, milliy psixologiyasi va xarakterini ruhiy tushunish, emodional 
shaklda mujassamlashishidir. 
Milliy iftixor ham milliy o’zligini anglashning ko’rinishidir. Milliy o’z-
o’zini anglashning rivojlanishi bilan milliy iftixor, milliy his-tuyg’ular namoyon 
bo’ladi. 

1
Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.-T.:“O’zbekiston”,1992.-22-23-


betlar. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling