344
eng muhim maqsadi bo’lmog’i kerak.
Va bu maqsad, birinchi navbatda, ushbu etnik guruhlarni o’z ichiga oluvchi
har bir alohida davlatning vazifasidir”
1
.
O’rta Osiyo xalqlarining chorizm mustamlakachilariga qarshi XIX asrning
ikkinchi va XX asrning birinchi yarmida olib borgan kurashlari, bugungi kunda
dunyoning turli hududlarida sodir bo’layotgan vaziyatlar milliy ozodlik
harakatlarining naqadar avj olib ketganidan dalolat beradi. Millatlararo
munosabatlar ayni vaqtda, davlatlararo munosabatlarni tashkil etishdagi muhim
omil ekanligini hech qachon esdan chiqarmaslik darkor. Bunga Yugoslaviya, Isroil
va Falastin o’rtasidagi keskinliklar yaqqol misol bo’la oladi. Etnik tozalash siyosati
tufayli sayyoramizning turli mamlakatlarida sodir bo’layotgan migratsiya
jarayonlari mazkur davlatlarning ijtimoiy-etnik tarkibining xilma-xil bo’lishiga
olib kelmoqda. Bu esa, o’z navbatida, bir qator muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Misol tariqasida shuni ko’rsatib o’tish joizki, hozirgi davrda
Olmoniya Federativ Respublikasida ikki milliondan ortiq turk migrantlari
istiqomat qiladilar. Frantsiyaga ko’chib kelgan migrantlarning soni bundan kam
emas. Angliya va AQSh ma’muriyatlari ko’chib kelayotganlar sonini cheklash
yo’llarini izlab, turli qonunlar ishlab chiqmoqdalar.
Sobiq Ittifoq parokanda bo’lib, uning o’rnida mustaqil davlatlarning paydo
bo’lishi tufayli milliy o’zlikni anglash jarayoni yanada rivojlanib ketdi. Yangi
mustaqil davlatlarga eski tuzumdan meros bo’lib qolgan mazkur muammolar
millatlararo munosabatlarni yo’lga qo’yishda alohida e’tibor berishni talab
qilmoqda.
Ko’p millatli davlatlarda ijtimoiy-etnik munosabatlardagi uyg’unlikni
ta’minlashda barcha etnik guruhlarning manfaatlarini e’tiborga olish katta
ahamiyat kasb etadi.
Milliy manfaat teran ijtimoiy-psixologik hodisa bo’lib, millatlarning
1
Karimov I.A.O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari.-T.:“O’zbekiston”,1997.-73-74-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |