Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

347
 
millatlararo munosabatlar sohasida ham muqarrardir. Eng muhimi ularning doimo 
yuzaga kelib turadigan jihatlari va qirralarini ko’ra bilish, hayot o’rtaga 
qo’yayotgan savollarga o’z vaqtida to’g’ri javob topib berishdan iborat. 
Mustaqillikka qadar nashr etilgan ilmiy ishlarda, sobiq rahbarlarning 
balandparvoz nutqlarida milliy munosabatlarda hech qanday muammo yo’qligi, 
bo’lishi ham mumkin emasligi haqida zo’r berib gapirildi, bu sohadagi yutuqlar bir 
yoqlama, faqat yaxshi tomondangina bayon etildi va bo’rttirildi, real haqiqat buzib 
ko’rsatildi. Umumtaraqqiyotning barcha sohalarida mavjud bo’lgan ziddiyatlar 
haqida, millatlararo munosabatlarda, madaniyat sohasida, aholini oziq-ovqat, uy-
joy, tibbiy xizmat bilan ta’minlash, milliy kadrlarni o’stirish kabi sohalardagi 
muammolar e’tiborga olinmadi, kerakli chora-tadbirlar ko’rilmadi. Buning 
natijasida ko’p yillar davomida yuzaga kelgan muammolar yig’ilib-yig’ilib 
ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashtirdi va sobiq tuzumning yemirilishiga olib keldi. 
Shuni eslatib o’tish joizki, milliy siyosatdagi buzilishlarning katta qismi 
shaxsga sig’inish davrida yuz berdi. Ko’plab xalqlar, elat va millatlar qatag’on 
qilindi. 1941-1945 yillarda Shimoliy Kavkaz va Qrim aholisi — qalmoqlar, 
chechenlar, ingushlar, qorachoylar, Krim tatarlari va boshqalar zo’ravonlik yo’li 
bilan o’z yurtlaridan Sharqqa tomon ko’chirildi. Ko’chirilgan xalqlarning umumiy 
soni taxminan uch million kishini tashkil qildi. Majburiy ravishda o’z hududlaridan 
badarg’a qilingan xalqlarga nisbatan asossiz cheklashlar joriy etildi, ularning 
barcha haq-huquqlari va erkinliklari kamsitildi. 
O’tgan asrning 50-60-yillarda milliy munosabatlar sohasidagi salbiy xatolar 
ko’paygandan ko’payib boraverdi. Milliy munosabatlardagi muammolar, 
kamchiliklar va qiyinchiliklar xususida sukut saqlandi, keng jamoatchiliqdan bor 
haqiqat atayin yashirildi, yutuqlar keragidan ortiqcha maqtaldi. Millatlar va 
elatlarning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy manfaatlari e’tiborga olinmadi. 
O’tgan asrning 60-70-yillarda mamlakat iqtisodiyotida ro’y bergan tanglik, 
ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy sohalardagi buzilishlar, poraxo’rlik, tanish 
bilishchilik, o’z vazifasini suiste’mol qilishlar, qo’shib yozishlar va boshqa salbiy 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling