Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

350
 
respublikamiz tub aholisi — o’zbeklar, qoraqalpoklar bilan boshqa millatlar 
o’rtasida, balki O’zbekistonda yashayotgan boshqa millatlarning vakillari orasida 
ham etnik-madaniy asoslarda jipslashish jarayonlari faol yuz bermoqda. 
Respublikamizda hozirgi kunda 80 dan ortiq milliy-madaniy markazlar 
faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ular ko’p millatli O’zbekistonning jamiyatni siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy-ma’naviy jihatdan qayta qurish jarayonida ijobiy rol 
o’ynamoqda. Millatlararo tinchlik, totuvlikni ta’minlashda o’zbek millatining 
boshqa suveren davlatlarda, xususan, O’rta Osiyo mamlakatlarida yashayotgan o’z 
etnik qardoshlari bilan yaqin munosabatda bo’lishi katta ahamiyat kasb etadi. 
Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi kunda ko’pgina o’zbeklar boshqa 
respublikalarda yashab kelmoqdalar. Masalan, Tojikistonda jami aholining 24,4 
foizini, Qirg’izistonda — 13,8 foizini, Turkmanistonda — 9,0 foizni, 
Qozog’istonda — 2,5 foizni o’zbeklar tashkil etadi. 
Ma’lumki, Turkiston xalqlarining ko’p asrlik tarixi, boy madaniyati, rang-
barang urf-odat va an’analari bir-biri bilan chambarchas bog’lanib ketgan. Ular 
Turkistonni o’zlarining muqaddas vatani deb bilganlar. Shuning uchun ham 
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Turkiston — 
umumiy uyimiz» g’oyasi mintaqamizda istiqomat qiluvchi milliy-etnik birlikni 
yanada mustahkamlab, mintaqamizda barqarorlik, tinchlikni saqlab qolishda 
muhim ahamiyat kasb etdi. 
Millatlararo munosabatlar jarayonida milliy va mintaqaviy xavfsizlikka 
putur yetkazishi mumkin bo’lgan har qanday vaziyatlarning oldini olish uchun 
quyidagi qoidalarg’a amal qilishimiz kerak: 
1.Davlatning etnik siyosati shaxs huquqlarini himoya qilishning ustivor 
bo’lishiga asoslanishi darkor, shuningdek, milliy ozchilikning huquqlari ham 
kamsitilmasligi shart. 
2.Davlatning etnik siyosatidagi bosh yo’l millatlararo ziddiyatlarni amaliy 
tarzda hal qiladigan usullarga asoslanishi lozim. 
3.Jamiyatimizning 
bozor 
munosabatlariga 
asoslanadigan 
iqtisodiy 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling