Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

358
 
Aqlga ishlov berish, ma’naviy, ruhiy takomillashish, erk insonning haqiqiy 
ifodasidir. 
Keyinchalik madaniyat tushunchasi bilimdon, ma’rifatli, yuksak tarbiyali 
insonlarni ta’riflashda ham ishlatila boshlanadi. 
Madaniyat qo’pqirrali va sermazmun tushuncha bo’lib, u jamiyat taraqqiyoti 
davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilgan barcha moddiy va 
ma’naviy yutuqlarning majmuidir. Moddiy madaniyat deganda inson faoliyati 
tufayli yaratilgan «ikkinchi tabiat», ya’ni ishlab chiqarish vositalari, mehnat 
qurollarini, mehnat ko’nikmalarini, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida 
yaratilgan va moddiy hayot uchun xizmat qiladigan barcha boyliklarni nazarda 
tutish lozim. Ma’naviy madaniyatning qamrovi behad keng bo’lib, u ijtimoiy 
ongning barcha shakllari, ya’ni falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy 
qarashlar, maorif, ta’lim-tarbiya, maktab, o’rta va oliy ta’lim, fan, madaniyat 
muassasalari, ommaviy axborot vositalari, san’at, xalq ma’naviy ijodiyotining 
barcha turlarini o’z ichiga qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyat bir-biri 
bilan uzviy bog’langan bo’lib, biri ikkinchisini to’ldiradi. Inson amaliy 
faoliyatining har qanday turida ayni bir vaqtning o’zida uning ham aqliy, ham 
jismoniy mehnati ob’ektiv ravishda ishtirok etadi. 
Insonning amaliy faoliyatida, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida 
moddiy va ma’naviy madaniyat organik ravishda birlashadi. Bironta ham mehnat 
qurolini, moddiy boylikning bironta ham turini inson aql-idroki va tafakkurisiz, 
aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo’lmaydi. Inson amaliy faoliyatining 
har qanday turida ayni bir vaqtning o’zida uning ham aqliy, ham jismoniy mehnati 
ob’ektiv ravishda ishtirok etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish kishilar ma’naviy 
hayotining negizidir. Inson miyasida hech qanday fikr, hech qanday qarash va 
tushuncha o’z-o’zidan tug’ilmaydi va rivojlanmaydi, balki ularning hammasi 
moddiy sharoitlar, tabiiy omillar, tashqi ta’sirlar bilan uzviy bog’langan va 
jamiyatdagi moddiy jarayonning mahsuli sifatida vujudga kelgandir. 
Madaniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi kishilik jamiyatining eng 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling