Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
360
yashashi va taraqqiy etishi uchun moddiy va ma’naviy asos bo’lib xizmat qiladi. O’tmishda qo’lga kiritilgan tajribani egallamay va ijodiy o’zgartirmay turib, olg’a tomon rivojlanib bo’lmaydi. Har bir avlod ilgarigiga qarab qilgan harakatida o’zidan oldingi barcha avlodning yo’lini davom ettiradi. Yangi avlod oldingi avlodlardan qolgan tajribaga o’zining xususiy tajribasini qo’shadi. Jahon tarixi shu yo’sinda barpo qilinadi. Bunga insoniyatning quldorlik davrida yaratgan madaniy boyliklari misol bo’la oladi. Qadimgi yunon madaniyati Gomer va Gerodot, Demokrit va Sofokl, Aflotun va Arastu singari mutafakkirlarining tarix va falsafa, adabiyot va san’at, astronomiya va matematika, me’morchilik va haykaltaroshlik kabi ilm-fan va madaniyatning turli sohalariga doir asarlari insoniyatning eng katta madaniy boyligidir. Ular o’z ahamiyatini aslo yo’qotmaydi. Qadimgi yunon adabiyoti, san’ati va eposi hozir ham kishilarga badiiy zavq beradi va ma’lum jihatdan eng yuksak namuna bo’lib xizmat qiladi. O’rta Osiyo xalqlarining madaniyati juda qadimiy bo’lib, uning tarixi bir necha ming yillarni o’z ichiga oladi. Xalqimiz madaniyati ham jahon madaniyati bilan baqamti, yonma-yon yuzaga kelgan va rivojlangan. Har bir xalq madaniyati, o’z mamlakati doirasidagina, tor milliy biqiqlikda emas, balki boshqa xalqlar madaniyati bilan o’zaro aloqadorlikda, o’zaro bog’liqliqda, o’zaro ta’sir va aks etish asosida rivojlanadi. Tarixdan ma’lumki, qadimgi dunyo hamda Rim davri madaniyati, jahondagi boshqa madaniyatlarga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. O’z navbatida O’rta Osiyo xalqlari ham boshqa xalqlar madaniyatining yuksalishiga, umumjahon madaniyati taraqqiyotiga o’zining faol ta’sirini ko’rsatadi. O’rta asr madaniyatining buyuk namoyondalari Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek, Alisher Navoiy va boshqa allomalar ta’limotlari jahon madaniyatining ajralmas qismi ekanligi bunga misol bo’ladi. O’zbek xalqi jahon moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratish va rivojlantirishda ulkan hissa qo’shgan xalqdir. U o’zining tafakkuri, qobiliyati va iste’dodi bilan O’rta Osiyo fan va madaniyatini, adabiyot va san’atini, axloq-odobi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling