Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

359
 
qadimiy bosqichlariga borib taqaladi. Boshqacha aytganda, madaniyat insonning 
kelib chiqishi bilan uzviy aloqadordir. Madaniyat tarixi jamiyat tarixining ajralmas 
bir qismidir. Shuning uchun ham uning vujudga kelishi va rivojlanishini jamiyat 
tarixidan, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan, moddiy boyliklar ishlab 
chiqarish usulidan ajratib olish mumkin emas. 
Madaniy taraqqiyotning umumiy qonunlaridan biri - uning to’xtovsiz 
ravishda boyib borishi va rivojlanishidan iboratdir. Madaniyat taraqqiyotida 
moddiy ishlab chiqarishning rivoji asos bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning 
ishlab chiqarish usullarining almashinuviga qarab madaniyat ham sifat jihatidan 
o’zgarib turadi. Jamiyatning taraqqiy etishi madaniyatning o’zgarishini talab 
qiladi, madaniyatning yangilanishi esa o’z navbatida jamiyatning taraqqiy qilishiga 
sabab bo’ladi. 
Barcha moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari — inson aql-idroki, 
iste’dodi va mehnati mahsulidir. Xalq ommasi madaniyat ijodkorigina emas, balki 
uni to’xtovsiz ravishda boyituvchi, rivojlantiruvchi, avloddan-avlodga yetkazib 
turuvchi hamdir. 
Har bir ijtimoiy tuzum taraqqiyotida madaniyat o’ziga xos belgi va 
xususiyatlarga ega. Kishilik jamiyatining har bir tarixiy bosqichi o’z madaniy 
boyliklarini yaratadi va shu tariqa boshqasidan farqlanib turadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar umumsotsiologik qonunlar asosida bir-biri bilan 
uzviy bog’lanishda bo’lganidek, madaniyatning tarixiy ko’rinishlari ham dialektik 
aloqadorlik va o’zaro bog’lanishdadir. Madaniyatning bir tarixiy turidan 
ikkinchisiga o’tish o’tmishda erishilgan madaniy yutuqlarning barcha qimmatli 
tomonlarini uloqtirib tashlash, degan so’z emas.
Har bir avlod o’zi uchun maxsus yangi moddiy negiz tashkil etmaydi, ilm-
fan va madaniyatni yangidan yaratmaydi, balki o’zidan oldingi avlodlar tomonidan 
yaratilgan manbadan, ishlab chiqarish kuchlaridan, moddiy va ma’naviy madaniyat 
yutuqlaridan foydalanadi. Oldingi avlodlardan qolgan ishlab chiqaruvchi kuchlar 
va ishlab chiqarish munosabatlari, madaniy boyliklar keyingi avlodlarning 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling