357
munosabatlarning qaror topishi uchun imkoniyat yaratdi. Jamiyat boyligini ishlab
chiqarish kishilar orasidagi munosabatlar taraqqiyotiga olib keldi.
4. Jamiyatning tarkibida jiddiy o’zgarishlar kuzatila boshlandi. Jamiyatning
ijtimoiy tarkibida xilma-xil sinflar, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar shakllandi.
5. Sivilizatsiyaning eng muhim belgisi jamiyat hayotini tashkil etish va
boshqarish bilan bog’liq. Boshqaruvning jamoa usulidan farqlanuvchi maxsus
boshqaruv – davlat hokimiyati shakllandi.
6. Sivilizatsiya jamiyatning asosi, subatomi hisoblangan oila va oilaviy
munosabatlarning takomillashuviga olib keldi.
7. Sivilizatsiya ma’naviy madaniyat takomili bilan bevosita bog’liq.
Yozuvning kashf qilinishi ajdodlar bilimlari va tajribalarini avlodlarga meros
sifatida qoldirish imkoniyatini berdi. Yozuv sivilizatsiyaning muhim omili bo’lib
hisoblanadi.
Sivilizatsiya umumbashariy ahamiyatga molik murakkab ijtimoiy hodisa va
bu hodisa jamiyatlar taraqqiyotida namoyon bo’ladi.
Hozirgi zamon sivilizatsiyasi jamiyatlar taraqqiyotida yangi sifat bosqichi
mavjudligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi o’zida jahon
miqyosida
kechayotgan
globallashuv
jarayonlari,
yangi
axborotlashgan
jamiyatning shakllanishi bilan bevosita bog’liq.
7.8. Madaniyat jamiyat taraqqiyotining qudratli ma’naviy kuchi
Jamiyat taraqqiyotida xususan komil inson ma’naviyatini shakllantirishda
madaniyat katta ahamiyat kasb etadi. Madaniyat lotincha «cultura» atamasidan
olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi. Mumtoz lotin
tilida madaniyat yerni parvarish qilish, ishlov berish ma’nosida ishlatib kelingan.
Keyinchalik, eramizdan avvalgi 45 yili Rim notig’i, mashhur faylasuf Sitseron
madaniyat atamasini aqlga ishlov berish ma’nosida ishlatgan. Uning fikricha,
dehqon yerga ishlov bergani kabi inson ongi, aqliga ham ishlov berib turish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |