365
xalqning qalbi, tanu jonidir.
O’zbek tilini astoydil muhofaza qilish, unga davlat tili maqomini berish, bu
tilni aslidagiday qilib tiklash va tobora rivojlantirish va shu tariqa uni jahondagi
eng boy va yetuk millatlar tillari darajasiga ko’tarish zarurati tug’ilib yetilgandi.
Uzoq davom etgan bahslar, tortishuvlar, munozara va muhokamalardan
so’ng O’zbekiston Oliy Kengashi o’n birinchi sessiyasida, 1989 yil 21 oktyabrda
“O’zbekiston SSR Davlat tili haqida” Qonun qabul qilindi. O’zbekistonda Davlat
tili to’g’risidagi Qonunning qabul qilinishi o’zbek xalqining, respublikamizda
yashovchi boshqa xalqlarning ham madaniy-ma’naviy va siyosiy hayotida ro’y
bergan g’oyat muhim voqeadir.
Qonunga binoan, o’zbek tili — O’zbekistonning davlat tili deb e’lon qilindi.
Bu xalqimizni behad quvontirib yubordi, milliy g’ururni kuchaytirdi.
Tilimiz, tariximiz, madaniyatimiz, butun ma’naviy hayotimiz tazyiq ostiga
olinganligini, diniy, axloqiy, milliy qadriyatlarimiz oyoq osti qilinganligidan
qanchalik aziyat chekkanligimizni hali unutgan emasmiz.
Bugun o’zbek tili va madaniyatini yanada rivojlantirish, uning siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalariga keng kirib borishi
borasida katta ishlar amalga oshirildi.
O’zbek tilining qo’llanish sohalarining kengayishi boshqa tillarni rivojlanish
imkoniyatlarini cheklamaydi, albatta.
Respublikamizda ilmiy ishlarni o’zbek tilida taqdim etish va himoya qilish
huquqi ta’minlanganligi, milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish yo’lidagi
eng katta yutuqlardan bo’lib hisoblanadi.
O’zbekistonda kitoblar, gazeta va jurnallar, davriy xabarnomalar, darsliklar,
o’quv qo’llanmalarning asosan davlat tilida nashr etilishi, televidenie ko’rsatuvlari
va radio eshittirishlarni ko’pincha o’zbek tilida olib borilishi xalqimizning
madaniy-ma’naviy saviyasini yuksaltirish, milliy ongini o’stirishda o’zining ijobiy
ta’sirini ko’rsatib kelmoqda.
O’zbekiston davlat mustaqilligining asosiy maqsadlaridan biri shaxsni har
Do'stlaringiz bilan baham: |