Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

364
 
Madaniy yuksalish mezonlari xilma-xil bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga 
qamrab oladi: jamiyat taraqqiyotida yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning ko’lami 
va miqdori, ularning tarqatilish darajasi, insonlar tomonidan o’zlashtirilishi; 
ma’naviy madaniyatning barcha turlarining bir tekis taraqqiy etishi; madaniy 
qadriyatlardan bahramand bo’lishda barcha kishilarning ishtirok etishi; madaniyat 
durdonalarini yaratishda aholining barcha qatlamlarining keng va ongli ravishda 
ishtirok etishi; kishilarning madaniy yuksalishga o’z hissalarini qo’shish uchun 
jamiyatda barcha imkoniyatlarning mavjudligi. 
O’zbek xalqi jahon madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan, 
o’zining ko’p asrlik boy va rang-barang madaniyatiga egadir. Mustaqilligimizning 
dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib 
kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat 
siyosati darajasiga ko’tarildi. 
Davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin o’tgan qisqa tarixiy muddat ichida 
mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan juda katta 
o’zgarishlarni boshidan kechirdi. Mustaqillik xalqimiz madaniy-ma’naviy 
taraqqiyotiga ham keng yo’l ochib berdi, toptalgan, kamsitilgan milliy g’ururimiz, 
insoniy sha’nimiz, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizga qayta hayot 
bag’ishladi. Mustaqillikka o’tish jarayonida birinchi navbatda odamlarning 
dunyoqarashi o’zgardi, g’urur, oriyat, sha’n va nomus tuyg’ulari kuchaydi, 
hayotga, mehnatga, Vatanga, el-yurtga munosabat o’zgacha tus oldi, milliy-
ma’naviy muhit sog’lomlashdi, milliy o’zligini anglash kuchaydi. Bir vaqtda 
sun’iy ravishda kamsitilgan sharqona urf-odatlar va an’analar yana odamlar 
hayotidan o’rin ola boshladi, o’zbekona mehr-oqibat, hurmat-izzat, mehr-
muruvvat, o’zgalar dardiga hamdardlik qilish singari olijanob fazilatlar qayta 
tiklana boshladi, avlod-ajdodlarimiz merosiga egalik qilish hissi kuchaydi. 
Boshqacha aytganda, madaniy-ma’naviy hayotimizda uyg’onish yuz berdi. 
Xalqning boyligi, aql-idroki va tafakkuri, tarixi va madaniyati uning tilida, 
yozma va og’zaki adabiyotida o’z ifodasini topadi. Ana shu ma’noda olganda, til 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling